FVB XODIMLARI IShTIROKIDA KORRUPTsIYaNING OLDINI OLIShGA BAGʻIShLANGAN DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI
Sud masʼullari tomonidan “Korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Shu yil 27-may kuni boʻlib oʻtgan tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimida oʻtkazilgan mazkur tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi masʼullari va tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi Hamro Matyakubov va Boʻlimning boshqa xodimlari ishtirok etdilar.
Masʼullar tomonidan bu kabi tadbirlar Prezidentimizning 2021-yil 6-iyuldagi “Korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan Korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2021-2022-yillarga moʻljallangan davlat dasturining 34-bandi ijrosini taʼminlash hamda korruptsiya davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligini aholi va davlat xizmatchilari ongiga singdirish maqsadida har bir korxona tashkilot xodimlari oʻrtasida oʻtkazilayotganligi aytib oʻtildi.
Shuningdek, “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida keng tushuntirish berildi. Mazkur Qonunning maqsadi korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korruptsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korruptsiyaning har qanday koʻrinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligini aytib oʻtildi.
Tadbir soʻngida yigʻilish ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan boshqa-da savollarga javoblar olib, majlis bahs va munozaralar tarzida oʻtdi.
S.Davletmuradov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi sudyasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶