18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 08:41
Jamiyat 👁 349

“Qaldirgʻoch” bolalar oromgohi bolajonlarni oʻz bagʻriga chorladi

“Qaldirgʻoch” bolalar oromgohi bolajonlarni oʻz bagʻriga chorladi

Yurtimizda yoshlarning bilimli, zukko, shu bilan birga sogʻlom boʻlib voyaga yetishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, ularning yozgi taʼtilini maroqli va mazmunli oʻtkazish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Amudaryo tumanida ham “Qaldirgʻoch” bolalar yozgi oromgohi ish boshladi. Oromgohda bu yilgi sogʻlomlashtirish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrildi. 3-iyun kuni ushbu oromgohning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda sektorlar rahbarlari — tuman prokurori, 2-sektor rahbari Aziz Roʻzmetov, 3-sektor rahbari, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov, 4-sektor rahbari, tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi Aydos Seitov, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari, tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov, Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Akmal Ismailovlar ishtirok etishdi.

Dastlab tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov barcha bolajonlarni ushbu oromgohning ochilishi bilan samimiy tabriklab, bolalarni oromgohga qabul qilish va ular bilan ishlashish borasida oromgoh maʼmuriyatining rejalari haqida batafsil toʻxtab oʻtdi.

Taʼkidlab oʻtilganidek, oromgohda bolalarning dam olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, koʻrkam suv havzalari, shaxmat maydonchalari va turli yangi turdagi argʻamchoqlar ularning sevimli dam olish maskaniga aylanishi shubhasiz.

Tuman Halq taʼlimi boʻlimi mudiri Akmal Ismailov bolalarga taʼtil bekorga berilmaganligini, ushbu uzoq tanaffusdan foydalanib, bilim olish uchun kuch toʻplashlari, issiq yoz imkoniyatlaridan kelib chiqib, tanasini chiniqtirib olishishlari kerakaligini, koʻproq badiiy kitoblar oʻqib, dunyoqarishini kengaytirishlari zarurligini aytib oʻtdi.

Huquq-tartibot organlari vakillari bolalarga oromgohda xavfsizlik qoidalarga rioya qilgan holda harakatlanishlari zarurligini eslatib, zaruriy tavsiyalarini berishdi.

Ushbu oromgohda tumanimizda mavjud 87 ta maktablarning 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilari qamrab olingan. Ahamiyatli jihati, oromgohda bolajonlarga tajribali shifokorlar xizmat koʻrsatishadi. Ularning salomatligi, tozaligi, orastaligi, ovqatlanish tartibi shifokorlarning doimiy eʼtiborida boʻladi. Shuningdek, dam oluvchilarning xavfsizligini taʼminlash ham doimiy nazorat qilib boriladi.

Oromgohda bolajonlarga oliy maʼlumotli, tajribali tarbiyachilar, yetakchilar jalb etilgan boʻlib, ular ham oʻquvchilarning maroqli dam  olishlariga, intellektual bilim va salohiyatlarini oshirishlariga qaratilgan turli tanlov va musobaqalar oʻtkazadilar. Mazkur oromgohda 9-avgustga qadar 500 nafar oʻquvchi dam olishi rejalashtirilgan. Ushbu vaqt mobaynida ular vaqtlarini mazmunli oʻtkazish bilan birga koʻplab doʻstlar orttiradilar.

Oromgohda haftaning har bir kuni alohida tassurotlarga boy tarzda kechadi. Yosh kitobxon, xorijiy tillar, musiqa, rasm va boshqa toʻgaraklar mashgʻulotlari orqali bolalarning bilim darajasi mustahkamlab boriladi. Oʻgʻil-qizlarning futbol, voleybol, basketbol, badiiy gimnastika, shaxmat-shashka, stol tennisi, suzish va boshqa sport turlari bilan shugʻullanishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan boʻlib, bunday shart-sharoitlar ularning sogʻlom oʻsishi, bilim va dunyoqarashini kengaytirib, ona yurtimizga, uning betakror tabiatiga mehrini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Oʻz tengdoshlari orasida miriqib dam oluvchi bolajonlar uchun bu yilgi dam olish mavsumi bir umrga unutilmas lahzalar bilan yodda qolishi shubhasiz.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026