24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 13:15
Jamiyat 👁 254

ADABIY KEChA OʻTKAZILDI

ADABIY KEChA OʻTKAZILDI

Mamlakatimizda xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlar ruhida kamol toptirishda badiiy adabiyotning oʻrni, taʼsiri  va ahamiyatini yanada oshirish, ularning ravnaqiga hissa qoʻshish hamda yosh shoir yozuvchilarning ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash orqali jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilash borasida koʻplab amaliy tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Tumanda faoliyat yuritayotgan “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan bu borada olib borilishi lozim boʻlgan ishlar rejasi tayyorlangan. Tashkilot tomonidan turli mavzularda 12 marotaba maktablarda, 18 marotaba ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida davra suhbatlari oʻtkazish koʻzda tutilmoqda. 6 marotaba maktab oʻquvchilari oʻrtasida insholar tanlovlari oʻtkazilib gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

Keng omma orasida oʻtkazilayotgan “Oilada farzand tarbiyasining ahamiyati, yoshlarni zararli illatlar va turli axloqsizliklardan himoya qilishda ota-onalar va mahallaning oʻrni”, “Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni kitobxonlikka jalb qilish orqali  giyohvandlik, ichkilikbozlik, turli axloqsizliklardan himoya qilish”, “Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini keng targʻib qilish, ularni giyohvandlik, ichkilikbozlik va turli axloqsizliklardan himoya qilish” mavzularidagi suhbatlar barchada  katta qiziqish uygʻotmoqda.

Tashkilot aʼzolari tomonidan yoshlar, maktab oʻquvchilari orasida ijodiy uchrashuvlarning oʻtkazilib turilishi yosh ijodkorlarning ijodiy salohiyatini oshirishga yaqindan yordam bermoqda. Tumanimizda yashab ijod qilayotgan ijodkorlarning hayotiy tajribalari, ijodiy mahoratlarini oʻrganish yoshlarning ijodiga oʻzining ijobiy taʼsirini oʻtkazmoqda. Bugungi kunga kelib bir necha kitoblarning muallifiga aylangan Saʼdulla Xoʻjaniyozov, Tursunboy Abdullayev, Ahmad Nafasov, Robiya Yoʻldosheva, Shomurod Xoʻjanov, Zulfiya Ollayorovalarning ijodi koʻpchilik yoshlarga oʻrnak boʻlmoqda.

Navbatdagi yosh ijodkorlar bilan uchrashuv tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 28-sonli maktabda boʻlib oʻtdi. Ijodiy uchrashuvni maktab direktori Bahodir Sobirov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Uchrashuv mehmoni, “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkilotning raisi Oʻrozali Reyimov yosh ijodkorlarni tumandagi ijodiy jarayon, yosh ijodkorlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar bilan tanishtirdi.

“Ilk parvozim”, “Mehr” nomli sheʼriy toʻplamlar muallifi, 35-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi Barno Samandarova oʻzining ayni kunlardagi  ijodiy faoliyati bilan barchani tanishtirib oʻtdi va yangi sheʼrlaridan oʻqib berdi.

Maktabdagi ijodiy toʻgaraklar faoliyati haqida soʻz yuritildi. Maktab oʻquvchilari ijrosida bahri-bayt aytishuvi oʻtkazildi. Bugungi kunda oʻzlarining jajji sheʼrlari bilan tumanimizda tanilib ulgurgan ushbu maktabning 9-sinf oʻquvchisi Abrorbek Gulmirzayev, 5-sinf oʻquvchisi Gulshoda Bahodirovalar oʻzlarining yangi yozgan sheʼrlaridan oʻqib berdilar.

Ijodiy kechaning asosiy qatnashuvchilari maktabning bitiruvchilari boʻlganligi uchun ular oʻzlarining kelajakdagi orzu-umidlari bilan oʻrtoqlashdilar. Maktab oʻqituvchilari, ijodiy kecha mehmonlari tomonidan bitiruvchi yoshlarga ulkan umid va yutuqlar, omadlar bildirildi.

Ana shunday ijodiy uchrashuvlarni tez-tez oʻtkazib turishga kelishib olindi.

Oʻrozali Reimov

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026