YoNĞINGA QARŞI SUV OLGIÇ (GIDRANT)LARNING TEXNIK HOLATI ÖRGANILIB, SUNʼIY TÖSIQLAR OLIB TAŞLANMOQDA
Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bölimiga qaraşli Kasbiylaştirilgan yonğin qutqaruv qismlari tomonidan tumandagi ovul yoki mahallalar hududlarida yonğin xavfi yuzaga kelganida tezkor qutqaruv işlarini olib boriş va birinçi navbatda yonğinlarni tezlik bilan bartaraf etişga xizmat qiluvçi suv olgiç, yaʼni gidrantlar holati tez-tez nazorat qilinib, mazkur inşootlardan samarali foydalaniş böyiça zarur çora-tadbirlar amalga oşirib kelinmoqda.
Lekin şuni alohida taʼkidlaş kerkki, köpçilik holatlarda mahallalar hududlarida joylaşgan yonğinga qarşi suv olgiçlar joylaşgan hududlardagi köçalarda quriliş işlari amalga oşirilişi natijasida bu kabi inşootlarga zarar yetkazilmoqda. Köpçilik hollarda suv olgiçlar ustidan asfalt qoplamali yöl va yölaklar qurilib, inşootlar kömilib qolmoqda. Yöl quruvçilar, obodonlaştiriş bölimi işçilari va aholi uşbu masalaga yuzaki yondoşib, suv olgiçlarga eʼtiborsizlik bilan qaraş holatlari yuz bermoqda.
Çunki yonğinga qarşi suv olgiçlar yonğin sodir bölganda yonğin öçiriş avtomaşinalarini suv bilan taʼminlaş va yonğinlarni tezda bartaraf etişda muhim örin tutadi.
Amudaryo tumani hududida jami 272 ta yonğinga qarşi suv olgiçlar mavjud bölib, 2022-yilning 5 oyi davomida ularning texnik holatini amalda örganiş maqsadida Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bölimiga qaraşli 3-sonli va 4-sonli Kasbiylaştirilgan yonğin-qutqaruv qismlari va Suv tarmoqlari korxonasi bilan hamkorlikda yöl xaritasi işlab çiqilgan.
Uşbu yöl xaritaga asosan yonğinga qarşi suv olgiçlarning texnik holati Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bölimining 3- va 4-Kasbiylaştirilgan yonğin-qutqaruv qismlari şaxsiy tarkibi va suv tarmoqlari korxonasi xodimlari iştirokida doimiy ravişda amalda örganib borilmoqda.
Örganiş jarayonlari tumanimizning Beruniy nomli mahalla fuqarolar yiğini hududidagi Beruniy nomli köçada joylaşgan 3 dona yonğinga qarşi suv olgiçlarning texnik holatini nazorat qilindi. Örganiş natijalariga köra 1 dona yonğinga qarşi suv olgiç asfalt yöli tagida qolib ketganligi aniqlandi va nosozliklar tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimlari va Suv tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan joyida bartaraf qilinib, uzluksiz suv bilan taʼminlanişi yölga qöyildi.
Navbatdagi örganiş jarayonlari tumanimizning Daryo böyi mahallasida davom ettirildi. Mazkur mahallada joylaşgan Amudaryo tumani Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli 65-sonli örta maktabga boriş yölida sunʼiy tösiq aniqlanib, Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bölimining 3- va 4-Kasbiylaştirilgan yonğin-qutqaruv qismlari şaxsiy tarkibi tomonidan olib taşlandi.
Muhammad YuSUPOV, Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi 3-Kasbiylaştirilgan yonğin-qutqaruv qismi boşliği.
Raşid KAZAKOV, Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi 4-Kasbiylaştirilgan yonğin-qutqaruv qismi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶