ÖRIM-YIĞIM MAVSUMIDAGI YoNĞIN XAVFSIZLIGI QOIDALARI
Tumandagi fermer xöjaliklari tasarrufida jami 3800 gektar ğalla maydoni mavjud. Ayni kunlarda ğalla örim-yiğimiga qizğin tayyorgarlik işlari avj olgan. Favqulodda salbiy hodisalarning oldini oliş maqsadida ötkazilgan nazorat işlari davomida ğalla örim-yiğim mavsumiga 18 ta otryad taşkil qilinib, 18 ta örim kombayni jalb etilgan maʼlum böldi. Lekin hozirgi kunda ularning birontasi yonğin öçiriş vositalari bilan töliq taʼminlanmagani, xavfsizlik qoidalariga töla javob bermasligi aniqlandi.
Bundan taşqari, “Qipçoq don” qabul qiliş maskanining bugungi kundagi favqulodda va yonğin xavfsizligi holati örganib çiqilganda, qator kamçiliklar kuzatildi. Maskanda 4 dona birlamçi yonğin öçiriş qalqonlari örnatilgan. Ularda 2 donadan OP-5 markali yonğin öçiriş vositasi bölişi lozimligi, ammo hozirda 1 donadan örnatilgani, u ham nosoz holatdaligi, maskanda 1 dona 60 tonna yonğinga qarşi yopiq suv siğimi mavjudligi, suv tortiş nasosi va suv uzatiş şlanglari bilan taʼminlanmagani maʼlum böldi. Şuningdek, maskandagi ğalla saqlanadigan yopiq omborlarning tom va yoğoç buyumlariga yonğinni pasaytiruvçi kimyoviy qorişma bilan işlov berilmagani, barça elektr simlar va uskunalarning elektr kabellari taşqi himoya qobiqlari çidamlilik darajasi mutaxassislar tomonidan laboratoriya sinovidan ötkazilib, dalolatnoma tuzilmagani, maskan hududi yonğinning oldini olişga doir eslatma va plakatlar bilan jihozlanmagani aniqlandi.
Örim-yiğim mavsumi davomida ğallazorlarda yonğin xavfsizligini taʼminlaş uçun belgilangan qoidalarga amal qiliş, uçqun tuşiş tufayli sodir böladigan yonğinlarning oldini oliş kerak. Avtomobil, temir yöllari va elektr uzatiş liniyalari yaqinidagi dalalarning ötlari 8 metr kenglikda örib olinişi va 4 metr kenglikda şudgor qilinişi şart.
Aziz yurtdoşlar, ğalla örim-yiğimi mavsumida yonğin xavfsizligi qoidalariga amal qilib, oğir oqibatlar kelib çiqişining oldi olinişiga hissa qöşaylik!
A.Yusupov, tuman FVB YoN va PB inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶