OʻZBEKISTONDA BOLA HUQUQLARI DAVLAT HIMOYaSIDA
Yurtimizda bolalarni har tomonlama himoya qilish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Aytish joizki, mamlakatimizda bolalar huquqlarini himoya qilish boʻyicha tegishli huquqiy baza shakllangan.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila Kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Mehnat Kodeksi, Jinoyat Kodeksi va boshqa bir qator qonun hujjatlarida bolalar huquqlarini himoya qilishga oid normalar oʻz ifodasini topgan.
Mamlakatimizda bolalar va yoshlar faoliyatiga doir jami 40 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari asosida bolalar va yoshlarning maʼnaviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga koʻmaklashishning huquqiy mexanizmi yaratilgan.
Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda qator qonunlar qabul qilinib, bu boradagi huquqiy asos yanada mustahkamlandi. Yurtimizda bola huquqlari davlat himoyasiga olingan boʻlib, qonun va boshqa hujjatlar bilan mustahkamlangan. Bu borada oʻziga xos milliy-huquqiy tizim shakllangan boʻlib, Oʻzbekiston shu yoʻlda dadil qadam tashlayotgan davlatlardan hisoblanadi.
Anvar Rajabov,
tuman hokimligi Bolalarni himoya qilish
masalalari shoʻʼbasi bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶