Tuman xabarlari
***
Manğit şahridagi "Oxunjon” töyxonasida 1-oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali tadbir ötkazildi. Unda tumanimizning barça taʼlim muassasalaridan öqituvçilar, mehnat faxriylari hamda tuman hokimligidan vakillar iştirok etişib, soha xodimlariga alohida hurmat-ehtirom körsatildi. Tadbirda sözga çiqqanlar barça öqituvçilarni, soha xodimlarini bayram munosabati bilan tabriklab, ezgu tilaklar bildirişdi.
Uzoq yillar davomida taʼlim sohasida namunali xizmat qilgan faxriylar va faol öqituvçilarga esdalik sovğalari topşirildi.
***
4-oktyabr kuni yurtimizda Qurbon hayiti bayrami kötarinki ruhda nişonlandi.
Aytiş kerakki, 1991-yil 20-iyunda Prezidentimiz Islom Karimovning "Diniy bayram – Qurbon hayitini dam oliş kuni deb eʼlon qiliş haqida”gi Farmoni milliy maʼnaviyatimizning tarkibiy qismi bölgan islom dinimizning jamiyat hayotidagi örnini tiklaş borasida amalga oşirilgan ulkan qadam böldi.
Tumanimizdagi "Yusuf eşon bobo” jomʼe masjidida ham şu kuni Iydi Qurbon namozi ado qilindi. Yiğilganlar yurtimiz tinçligi, rizqimiz butunligini Yaratgandan sörab, duolar qildilar.
***
Yaqinda "Baramol avlod" bolalar marazida yangi öquv yilida amalga oşirilişi lozim bölgan muhim vazifalarga bağişlangan seminar-kengaş bölib ötdi.
Seminarda kun tartibidagi masala böyiça markaz direktori X.Rajabovaning maʼruzasi tinglandi. Şuningdek, tögarak rahbarlarining hujjat yuritişga oid, tögaraklar faoliyatini yanada jonlantirişga doir maʼruzalari tinglandi.
Iştirokçilar ilğor tögarak rahbarlarining iş faoliyati bilan tanişib, özaro tajriba almaşdilar.
***
3-oktyabr kuni Özbekiston "Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi tuman Kengaşining III konferentsiyasi bölib ötdi.
Konferentsiyada keyingi 5 yil davomida partiyaning tuman Kengaşi tomonidan amalga oşirilgan işlar böyiça hisobot tinglandi. Şuningdek, partiya tuman Kengaşi ijroiya qömitasining tarkibiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatligiga "Milliy tiklaniş" demokratik partiyasidan körsatilgan nomzodlarni tasdiqlaş, ÖzMTDP Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşining III konferentsiyasiga delegatlar saylaş masalalari muhokama qilindi. Konferentsiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilindi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶