ShEʼRIYaT ShAYDOLARI BILAN UChRAShUV OʻTKAZILDI
Joriy yilning 28-aprel sanasida Amudaryo tuman XTBga qarashli 61-sonli umumtaʼlim maktabining bir guruh havaskor qalamkashlari Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi aʼzosi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, shoira Robiya Yoʻldosheva va amudaryolik iqtidorli ijodkor, 35-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Barno Samandarovalar bilan uchrashdilar.

Uchrashuv tadbirini maktab direktori Hakimboy Davlatyorov ochdi va oʻquvchi-yoshlarni tadbir mehmonlari bilan tanishtirdi. Shundan soʻng, Robiya Yoʻldosheva soʻzga chiqib, tadbir ishtirokchilarini butun musulmon olamida yaqinlashib kelayotgan Iyd-Ramazon bilan tabrikladi va maktabning havaskor shoirlari ijodi bilan tanishish maqsadida ular bilan samimiy ijodiy muloqot oʻtkazdi. Muloqot jarayonida havaskor ijodkor yoshlar oʻz ijodlaridan namunalar oʻqib berishdi, sevimli xalq shoirlari A.Oripov, M.Yusuf sheʼriyatiga alohida hurmat va ehtirom tariqasida ularning sheʼrlarini baralla joʻr boʻlib yoddan oʻqidilar. Oʻzbekiston madhiyasini kuyladilar. M.Yusuf va A.Oripovning sheʼrlari asosida yaratilgan oʻlmas qoʻshiqlar haqida toʻlqinlanib soʻzladilar.
Oʻz navbatida Robiya Yoʻldosheva va yosh ijodkor Barno Samandarovalar ham oʻquvchilarning talablariga koʻra, oʻz ijodlaridan namunalar oʻqib berdilar.
Uchrashuv tadbiri davomida oʻquvchilar oʻzlarining tengdoshi, shoira qiz Barno Samandarovaga kundalik hayot tarzini rejalashtirish bilan bogʻliq savollar bilan murojaat qildilar. Barno Samandarovaning ilk ijodi, ilk sheʼri, ustozlari bilan ham qiziqdilar. Oʻquvchilarning barcha savollariga Barno Samandarovaning oʻzi va ustozi Robiya Yoʻldosheva batafsil javoblar berishdi.
Samimiy muloqot va sheʼrxonlik asosida oʻtgan uchrashuv tadbiri oʻquvchi-yoshlar qalbida adabiyotga, ayniqsa, sheʼriyatga hurmat va ixlos tuygʻularini uygʻotgani bilan ahamiyatli boʻldi.
Maxsus muxbirimizdan,
Mahmudjon Shomurodov olgan suratlar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶