JUMUROVUL MAHALLASIDAGI NURONIYLARNI ÖQUVÇILAR BAYRAM BILAN TABRIKLAŞDI
9-may – Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan Jumur ovul mahallasida yaşovçi yoşi uluğ qariyalar xonadoniga 45-sonli maktab öquvçilari ham taşrif buyurib, nuroniylarni bayram bilan tabriklaşdi.
Şu ovulda yaşovçi Karim ota Ibragimov 1936-yilda tuğilgan bölib, hozir 86 yoşda. Bibijon momo Sobirova esa 1930-yil tuğilgan bölib, ayni paytda 92 yoşga kirgan. Öquvçilar ular bilan uçraşib, uruş yillaridagi xotiralarini, tarbiyaviy ahamiyatga ega bölgan ögit va nasihatlarni tinglaşdi. Nuroniylar hozirgi kunlarga şukronalar aytib, öquvçi-yoşlarga yaxşi tilaklar, foydali maslahatlar berdilar. Köproq kitob öqişni, ota-onalarning gapini ikki qilmaslik, töğri böliş, hamma narsaning qadriga yetişni maslahat qilişdi.
Öquvçilar yuqori kayfiyatda, katta taassurotlar bilan uylariga qaytişdi.
Eʼtibor Şukurillayeva, 45-maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶