PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING MILLIY GVARDIYa BILAN HAMKORLIGI JINOYaTChILIKNING OLDINI OLIShDA IJOBIY SAMARA BERADI
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarning aniq manzilga yoʻnaltirilishi va ularga kompleks yondashish, idoralararo hamkorlikni rivojlantirish, huquqbuzarliklarning samarali profilaktikasini amalga oshirish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan bir qatorda, boshqa davlat organlari va jamoat tashkilotlarining ham ustuvor vazifasi etib belgilanishi bu borada ularning oldiga alohida vazifalar belgilab berilishi huquqbuzarliklar profilaktikasida samarali natijalarga erishishga imkon berdi.
Hozirgi vaqtda mintaqamizda va dunyoda hukm surayotgan, oldindan aytib boʻlmaydigan murakkab sharoitda mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligini taʼminlash, jamiyatimizda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash katta ahamiyatga ega. Bunday vaziyat, albatta, davlat organlarining yakdillikda ishlashi va xamkorlikda amalga oshirishni taqozo etadi. Zero, barcha sharoitlarda ham qoʻshma tadbirlarni rejalashtirish va oʻtkazish, maʼlumotlarni ayirboshlash, jamoat tartibini muhofaza qilish masalalari yuzasidan takliflar tayyorlash va tegishli tashkilotlarga taqdim etish hamkorlikda amalga oshiriladi.
Jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini taʼminlash sohasida ichki ishlar va Milliy gvardiya organlarining oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik hududlarda jinoyatchiliklar, huquqbuzarliklar kamayishiga xizmat qiladi.
E.Jumaboyev, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi
3-oʻquv kursi 309-guruh kursanti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶