Qipchoq ovulidagi 18-sonli maktabda “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati ijodkorlari bilan uchrashuv oʻtkazildi
Yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalik mafkuraviy immunitet, mehr-oqibat, bagʻrikenglik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni qaror toptirish keng koʻlamda hamjihatlikda amalga oshiriladigan dolzarb vazifadir. Bunda aholining farzand tarbiyasi boʻyicha bilimlarini oshirish, fuqarolarni uzluksiz maʼnaviy tarbiyaning jahon tajribasida sinovdan oʻtgan usullari va amalga oshirish yoʻl-yoʻriqlari bilan tanishtirib borishga ham eʼtibor qaratish muhim. Boisi, farzand ilk tarbiyani oʻzi dunyoga kelgan oilasida, keyinchalik maktabda va keng jamoatchilikdan oladi. Shu tariqa u ham jisman, ham aqlan ulgʻaya boradi.
Yoshlarni buzgʻunchi gʻoyalardan asrashga hissa qoʻshish, ularning mard, oqil, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan yetuk insonlar boʻlib yetishishiga hissa qoʻshish – ommaviy axborot vositalarining ham vazifasidir.
Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari – “Taraqqiyot koʻzgusi” uning ilovasi “Mening oilam” gazetalari, Amudaryo telekanali va amunews.uz veb sayti tahririyatlari ijodiy jamoasi ham oʻquvchi yoshlarning maʼnaviyatli, odobli, ilmli boʻlib voyaga yetishlariga munosabati hissa qoʻshib kelmoqda, kitobxonlikni keng targʻib kelmoqda.
Bulardan tashqari tajribali jurnalistlar, ijodkorlar tumanimiz maktablarida boʻlishib, oʻquvchilar bilan suhbatlashishlar jarayonida badiiy ijodga qiziquvchi oʻquvchilarni aniqlab, yaqin hamkorlik oʻrnatmoqda va iqtidori yuksalishiga xizmat qilmoqda.
Yaqinda “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi masʼul kotibasi Ozoda Xudoyberganova, maxsus muxbiri Oygul Rajabovalar Qipchoq ovuli hududidagi 18-maktab oʻquvchilari bilan ijodiy uchrashuv oʻtkazishdi. Uchrashuvda maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilari ishtirok etishdi.
Maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbsari Nurulla Xoʻjametov tashabbusi bilan tashkillashtirilgan tadbirni maktab direktori Surayyo Eshboyeva ochdi va olib bordi.
Uchrashuvda jurnalistlar Oygul Rajabova, Ozoda Xudoyberganovalar bugungi kunda tahririyat xodimlarining maktablardagi taʼlim-tarbiya ishiga, oʻquvchilarining intellektual salohiyatli boʻlib voyaga yetishlariga koʻmaklashish maqsadida gazetalar, televideniye va veb-sayt orqali shu maqsadda eʼlon qilinayotgan maqolalar, namoyish etilayotgan koʻrsatuvlar haqida maʼlumotlar berdi. Shuningdek, tahririyatlar qoshida iqtidorli oʻquvchilarning qobiliyatlarini tarbiyalash, yuksaltirish maqsadida “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi, tashkilot 4 mingdan ziyod kitob fondiga ega kutubxona mavjudligi qayd etildi. Yoshlar, aholiga xizmat qilayotgan bu kutubxonaga oʻqituvchilarni ham, oʻquvchilarni ham aʼzo boʻlishga chaqirishdi. Uchrashuvda jurnalistlar yigʻilganlarga oʻzlarining ijod namunalaridan oʻqib berdilar.
Tadbirda maktab ijodiy-madaniy ishlar boʻyicha targʻibotchisi Maxsuda Yoʻldosheva, oʻquvchilar Ruslan Joʻlliboyeva, Gulruh Safarboyevalar mehmonlarga oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berib, batafsil javoblar oldilar. Shuningdek, maktabning ijodkor oʻquvchilari oʻqigan sheʼrlari ham barchaga manzur boʻldi.
Tadbir oʻquvchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Zebo XOLBOYeVA, shu maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶