14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 12:37
Jamiyat 👁 2,531

DORILOMON KUNLAR QADRI

DORILOMON KUNLAR QADRI

Mustaqillik toʻgʻrisida soʻz ketganida: mustaqillik bizga nima berdi, kecha kim edig-u bugun kim boʻldik, kabi savollar xayolimizni chulgʻab oladi. Beshak, mustaqillik bizga erkin nafas va yangi farovon hayot ato etdi. Yaqin oʻtmishga nazar soladigan boʻlsak, bizning xalqimiz tahqirlangan, insoniy shaʼni va qadr-qimmati toptalgan, Respublikamiz esa agrar va qoloq hudud edi. Bugun esa har tomonlama rivojlangan, har bir soha taraqqiy topgan, barkamol farzandlari iqtidorlari bilan dunyoni lol qoldirayotgan, yuksak maʼnaviyatli, hur millatga aylandik. Istiqlolga erishishimiz natijasi oʻlaroq, asrlar silsilasida oʻz mahobatini yoʻqotmay kelayotgan muqaddas qadamjolarimiz, masjid-u madrasalarimiz qayta boʻy tikladi. Yurtimizga kelayotgan sayyohlarning soni kundan-kunga ortib borayotganligi buning yorqin misolidir.

Bugun Oʻzbekistonimiz mustaqilligi yigirma uch yoshda. Mana shu qisqa fursat ichida xalqimizning moddiy va maʼnaviy ahvoli tubdan oʻzgarib ketdi. Yurtimiz tanib boʻlmas darajada chiroy ochib, bugun dunyo ahli havas qilgulik darajada yuksalib bormoqda. Albatta, bu oʻzgarishlar, bu yuksalishlar zamirida istiqlol bergan ulkan imkoniyatlar yotadi.

Mustaqillik toʻgʻrisida yozganimda yuragimda faxr va iftixor tuygʻulari joʻsh uradi. Sababi istiqlolning bizning, mening taqdirimdagi oʻrni beqiyosdir!

Iftixor shulki, bugun qaysi bir manzilga bormang, u yerda yangilanish va bunyodkorlikning guvohi boʻlamiz.

Obod manzillardagi hurlik nafasidan bahra olib, ilm olishga boʻlgan ishtiyoqimiz, sevgan sohamizga boʻlgan muhabbatimiz va muxtasar qilib aytganda, yashashga boʻlgan ixlosimiz yanada ortadi.

Bugun jonajon Oʻzbekistonimiz mustaqilligining yigirma uch yilligi munosabati bilan yurtimizdagi barcha shaharu qishloqlarda bayram shukuhi kezmoqda. Har bir yurtdoshimiz koʻnglida ozod elning farzandi ekanligidan gʻururlanish kabi tuygʻular kechayotganligiga yana bir karra guvoh boʻlamiz.

Mustaqillik toʻgʻrisida koʻp gapirish mumkin, ayniqsa istiqloldan keyin bizning milliy bayramlarimiz qayta tiklandi. Buyuk bobokalonlarimiz ilmiy merosini oʻrganish baxtiga erishdik.

Dunyodagi ayrim davlatlarda notinchlik hukm surayotgan bir paytda, biz, har birimiz mana shu dorilomon kunlarning qadriga yetib va dilimizda shukronalik hissi bilan yashashimiz kerak.

Taniqli yozuvchimiz Oʻ.Hoshimov shunday yozadi: "Bir gal ancha olis safarga chiqishga toʻgʻri keldi.

Avval Germaniyaga uchdik. Undan Amerikaga. Soʻng Shveytsariyaga. Keyin Angliyaga. Nihoyat Londondan Toshkentga uchadigan boʻldik. Havo kemasiga oʻtirishimiz bilan osoyishta va yoqimli ovoz yangradi: assalomu alaykum, xonimlar va janoblar! Sizlarni Oʻzbekiston havo yoʻllari milliy aviakompaniyasi nomidan muborakbod etamiz!

Rostini aytsam, koʻzimdan yosh chiqib ketdi. Bu soʻzlar mening tilimda, ona tilimda jarangladi! Vatanimdan minglab chaqirim narida, tagʻin yuzlab xorijiy yoʻlovchilar oʻtirgan kemada!

Aqalli mana shu holatning oʻzi uchun istiqlolga ming bora taʼzim qilishga tayyorman!”

Bunday holatlarga hozirgi kunda har birimiz, har kuni duch kelamiz. Shuning uchun ham biz Oʻzbekistondek kelajagi buyuk yurt farzandi ekanligimizdan faxrlanamiz.

Yoshi ulugʻ otaxonu-onaxonlarimizning ezgu niyatlar ila qoʻllarini duoga ochib, elga tinchlik tilayotganini koʻrib, duoingiz ijobat boʻlsin deymiz! Shu mustaqil yurtimizning tinchligi, osoyishtaligi uchun oʻzimiz ham masʼul ekanligimizni chin dildan his qilamiz.

Eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz qutlugʻ boʻlsin, azizlar!

Aziza MADRAHIMOVA,

Mangʻit Iqtisodiyot kasb-hunar kolleji 3-bosqich oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019