18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 09:45
Jamiyat 👁 235

“YaShIL MAKON” AKTsIYaSI DOIRASIDA TUMAN OBODONLAShTIRISh BOShQARMASI TOMONIDAN BOGʻ YaRATILDI

“YaShIL MAKON” AKTsIYaSI DOIRASIDA TUMAN OBODONLAShTIRISh BOShQARMASI TOMONIDAN BOGʻ YaRATILDI

Ayni koʻklam kunlarida yurtimiz boʻylab barcha hududlarda ekologik holatni yaxshilash, atrof-muhitni fayzli va obod goʻshaga aylantirish maqsadida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida koʻchatlar oʻtqazilib, bogʻu-rogʻlar yaratilmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan butun mamlakatda amalga oshirilayotgan ushbu loyihaga koʻra Amudaryo tumanida ham koʻchatlar ekish ishlari qizgʻin tashkil etilmoqda. Hududning iqlim sharoiti, ekish maydonlarining oʻziga xosligidan kelib chiqib, “Yashil maydon”lar soni koʻpaytirilib borilmoqda.

“Yashil yillik” tadbirlarida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etib, yoʻl chetlariga, maʼmuriy binolar atroflariga manzarali nihol va butalar, gullar ekishmoqda.

Mangʻit shahrining Doʻstlik mahallasi hududidagi boʻsh yotgan maydonda “Yashil makon” aktsiyasi doirasida katta bogʻ bunyod etish maqsadida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan koʻchat ekib, bogʻ yaratilmoqda. Koʻchat ekish jarayonida tuproq unumdorligiga alohida eʼtibor qaratilib, yer avvalo sugʻorishga tayyor holatga keltirildi. Yangi oʻtqazilgan koʻchatlarni parvarish qilish boʻyicha alohida masʼullar belgilandi.

Maʼlumki, joriy yil 2-fevral kuni Prezident raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida ham «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirish borasidagi dolzarb vazifalar muhokama qilinib, ushbu yigʻilishda 1-martdan eʼtiboran «Yashil yillik» umummilliy tadbiri boshlanishi maʼlum qilingan edi. Shunga muvofiq, 2022-yil bahor mavsumida tumanimizda koʻchat ekish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, bahor oylarida olma, gilos, behi, yongʻoq va archa, terak, qayragʻoch kabi manzarali daraxt koʻchatlarini ekish boʻyicha reja tasdiqlangan.

Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan Doʻstlik mahallasi hududida yangidan bogʻ tashkil qilish uchun 6 gektardan ziyod yer maydoni ajratilib, 3 ming 790 tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini oʻtqazish reja qilingan. Ajratilgan yer oʻrtasiga mevali daraxtlar, atroflariga esa manzarali daraxtlar koʻchatlarini belgilangan oʻlchovlar boʻyicha sugʻorishga, parvarishlashga qulay holatda ekib chiqish, shu orqali tuman ekologiyasini yaxshilash bilan birga goʻzal manzara yaratish, fayzli bogʻ barpo etish moʻljallangan. Koʻchatlar hududning iqlim sharoitidan kelib chiqib, koʻkalamzorlashtirishni, turli mevalar yetishtirishni nazarda tutgan holda tanlab olindi.

Bogʻ barpo qilishga kirishilgan kunning oʻzidayoq tashkilot xodimlari ajratilgan yer maydonining 2,8 gektariga 650 tupdan ziyod mevali daraxtlar koʻchatlarini ekishdi. Olma, behi, oʻrik, nok kabi turli mevali daraxtlar koʻchatlari agrotexnika qoidalariga rioya qilingan holda oʻtqazildi. Endilikda ular nazorat ostida parvarish qilinadi, mineral va organik oʻgʻitlar bilan oziqlantirilib, zararkunandalardan himoya qilib boriladi.

Bunday saʼy-harakatlardan koʻzlangan asosiy maqsad xalqimizga xos ezgu fazilatlarni qadrlash, ezgulikni yoshlar qalbiga singdirish, qishloq va shaharlar, mahallalarni koʻrkam koʻrinishga keltirishdan iborat. Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan ushbu xayrli va ezgu ishlar barcha hududlarda davom etmoqda.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026