Mehnat yarmarkalari va sayyor qabul oʻtkazildi
15-aprel kuni Amudare tumani Qilichboy madaniyat markazi hovlisida aliment toʻlovlaridan qarzdorligi boʻlgan ishsiz fuqarolar uchun boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi oʻtkazildi. Yarmarkada 64 ta korxona va tashkilotlar 257 ta boʻsh ish oʻrinlari bilan qatnashdilar. Mazkur mehnat yarmarkasida 22 nafar bandligi taʼminlamagan fuqarolarga hamda aliment toʻlovidan qarzdorligi boʻlgan 1 nafar fuqaroga doimiy ishga joylashishlari uchun yullanmalar berildi.
Shuningdek, mazkur mehnat yarmarkasi ishtirokchilariga tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi mutaxassislari tomonidan mehnatga oid masalallar yuzasidan maslahat va tushuntirishlar berilib, huquqiy yordamlar koʻrsatildi.
Bundan tashqari, yarmarkada tumandagi turli ishlab chiqarish subʼektlari tomonidan tayyorlangan mahsulotlar koʻrgazmasi ham namoyish etildi.
Yarmarkadan soʻng mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolarning bandligini taʼminlash, ularning oila aʼzolari holidan xabar olish, muammolari va ehtiyojlarini oʻrganish xamda hal etilishiga koʻmaklashish, shuningdek, ularning moddiy, ijtimoiy ahvolini yaxshilash maqsadida sayyor qabul boʻlib oʻtdi.
Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri oʻrinbosari Oʻserbay Kazakov, sektorlar, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari, shuningdek ovul hududida istiqomat qiluvchi aholi vakillari ishtirok etishdi.
Qabul davomida Oʻserbay Kazakov Rossiya va Yevropa mamlakatlariga ishlash uchun ketayotgan mehnat migrantlariga oid qonun-qoidalar va ularning huquqlari haqida keng turda tushunchalar berdi.
Mazkur sayyor qabulda aholidan 13 ta murojaat kelib tushgan boʻlsa, shundan 5 ta murojaat egasiga huquqiy maslahatlar berildi. 7 ta murojaat vaqt talab qilganligi sababli vazirlik nazoratiga olindi.
Shu kabi mehnat yarmarkasi 16-aprel kuni tumanimizning Doʻstlik mahallasi hududida joylashgan “Amudaryotex” xorijiy korxonasi binosi oldida ham boʻlib oʻtdi. Yarmarkada aliment toʻlovlaridan qarzdorligi boʻlgan ishsiz fuqarolardan tashqari, bandligi taʼminlanmagan ayol-qizlar va yoshlar ham ishtirok etishdi.
Oʻtkazilgan yarmarka doirasida 72 ta korxona 280 ta ish oʻrni bilan qatnashib, fuqarolarga mavjud boʻsh ish oʻrinlari, nomzodlarga qoʻyilgan malakaviy talablar haqida maʼlumot berib, ishga taklif qildilar.
Yarmarkada ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash, ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarni turli kasblarga tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida tashkil etilgan kasb-hunarga oʻqitish markazlariga oʻqishga yuborish va tumandagi obodonlashtirish korxonasi va mahallalarda tashkil etilgan haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish tartibi haqida ham tushunchalar berildi.
Yarmarka davomida malakali mutaxassislar tomonidan bandlik sohasida fuqarolarni qiziqtirgan masalalar boʻyicha ham maslahatlar berilib, huquqiy va amaliy yordamlar koʻrsatildi.
Shu oʻrinda aytish kerakki, hayotda toʻgʻri kasb tanlash muvaffaqiyatli kelajakning garovidir. Chunki insonning aksariyat vaqti ish jarayonlarida oʻtadi. Shu sababdan ham kishi oʻzi uchun sevimli hunarni oʻrganishi, oʻziga yoqqan kasb bilan shugʻullanishi kerak.
Bu kabi yarmarkalarning davomli tashkil etilishi, ishsiz fuqarolarimiz uchun oʻzlariga munosib ish oʻrni topishlarida hamda jamiyatda oʻz oʻrinlariga ega boʻlishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶