2023-yilda aholini röyxatga oliş tadbiri ötkaziladi
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil
11-noyabrdagi “Özbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini röyxatga olişga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida”gi 710-sonli Qaroriga muvofiq, respublikamizda 2023-yilda aholini röyxatga oliş tadbiri ötkaziladi.
Respublikamizda oxirgi marta aholini röyxatga oliş işlari amalga oşirilganligiga 30-yil böldi. Buning natijasida aholining haqiqiy hayot tarzini örganiş va ularga amaliy yordam körsatişda qator qiyinçiliklar vujudga keldi.
Aholini röyxatga oliş jarayoni uç bosqiçni qamrab oladi.
Birinçisi - tayyorgarlik bosqiçi. Bu uç yilga yaqin vaqt davom etadi.
Bunda, aholini röyxatga oliş jarayonlarida faol iştirok etişi böyiça aholi örtasida tarğibot işlarini olib boriş, reklama roliklari, logotip va şiorlar işlab çiqiş hamda aholini röyxatga oliş bilan boğliq hujjatlar, jumladan, röyxatga oliş varaqalari, röyxatga olişni taşkil etiş va ötkaziş, uning natijalarini oliş va eʼlon qiliş metodologiyasini işlab çiqiş hamda boşqa şu kabi tadbirlar amalga oşiriladi.
Ikkinçi - asosiy bosqiç 10 kundan 60 kungaça davrni öz içiga oladi. Bunda bevosita aholini röyxatga oliş amalga oşiriladi, yaʼni aholi töğrisidagi maʼlumotlar yiğiladi, nazorat tekşiruvi ötkaziladi va röyxatga oliş materiallari topşiriladi.
Uçinçi - bosqiçda aholini röyxatga olişga doir birlamçi materiallar maʼlumotlarni qayta işlaş böyiça ixtisoslaşgan tuzilmalar tomonidan qabul qilib olinadi, olingan materiallar avtomatlaştirilgan tizimda qayta işlaşga tayyorlanib, birlamçi maʼlumotlarni avtomatlaştirilgan dasturlarga kiritiş uçun kodlanadi, nazorat va tahrir qilinadi, aholini röyxatga oliş böyiça dastlabki natijalar olinib, olingan natijalar eʼlon qilinadi va tarqatiladi. Mazkur bosqiç 2-yildan 3-yilgaça bölgan davrda amalga oşiriladi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-sonli Qaroriga muvofiq, mamlakatimizda aholini röyxatga oliş 2023-yil 1-25-noyabr kunlarida amalga oşirilişi belgilab berilgan.
Ruyxatga oliş işlarining taşkil etilişida asosan MDH davlatlaridan Belorussiya, Rossiya tajribalaridan foydalanildi. Aholini ruyxatga oliş bir oy davom etsa, birlamçi natijalar 2024-yilda eʼlon kilinadi.
Ruyxatga oliş jarayonida har bir röyxatga oluvçiga aholi punktining xaritasidan kelib çiqqan xolda 350-450 kişidan, boriş qiyin bölgan va olis hududlarda aholining soni örtaça 250 nafardan taqsimot kilib beriladi. Röyxatga oluvçi 12 kun muddat içida belgilangan aholini tasdiqlangan şakllar asosida uyma-uy yurgan holda ruyxatga olib çikadi. Olingan maʼlumotlarning sir saqlanişi kafolatlanadi. Töldirilayotgan şakllarda har bir şaxs töğrisidagi maʼlumotlardan taşqari, turar joyning xususiyatlari, yaʼni yaşaş joyida mavjud qulayliklar, şu jumladan sanitariya-gigiyenik şaroitlar, uy xöjaligi aʼzolari tomonidan uzoq vaqt mobaynida foydalaniladigan vositalar bilan taʼminlanganligi töğrisidagi maʼlumotlar ham olinadi.
Aholini röyxatga olişda birinçidan, aholi soni töğrisidagi aniq maʼlumotga ega bölamiz, ikkinçidan, ijtimoiy-iqtisodiy körsatkiçlar, demografik holat, aholining jinsi, yoşi, millati böyiça maʼlumotlarni olamiz. Uşbu körsatkiçlar Iktisodiy rivojlaniş dasturlari belgilanişida yordam beradi.
Hozirgi paytda dunyoning deyarli barça davlatlarida aholini ruyxatga oliş işlari olib borilmokda. Uşbu jarayonni muvafakkiyatli va tölaqonli bajariş bilan birgalikda respublikamizning har bir aholi punkti böyiça yagona axborot bazasi yaratiladi.
Hakimbek Egamberganov,
Amudaryo tumani Statistika bölimi boşliği v.v.b.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶