16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:49
Jamiyat 👁 138

1-sonli maktabda huquqshunoslar ishtirokida “Konstitutsiya – farovon hayotimiz qomusi” mavzusida targʻibot tadbiri oʻtkazildi

1-sonli maktabda huquqshunoslar ishtirokida “Konstitutsiya – farovon hayotimiz qomusi” mavzusida targʻibot tadbiri oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan tuman adliya boʻlimlarining asosiy vazifalaridan biri qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijrochilarga yetkazish qilib belgilandi. Qolaversa, “respublika - viloyat - tuman - mahalla» tamoyili boʻyicha huquqiy targʻibot olib borish va aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqlarini tushuntirish borasida chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha ham vazifalar belgilab berildi.

Ushbu Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tuman Adliya boʻlimi tomonidan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, yangidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni keng aholi qatlamiga yetkazish, ularning Konstitutsiyaviy bilimlarini oshirish boʻyicha rejaviy targʻibot tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Yaqinda Amudaryo tumani Adliya boʻlimi bosh maslahatchisi Jamshid Bekimbetov, yetakchi maslahatchisi Baxrom Sobirovlar 1-sonli umumtaʼlim maktabida oʻquvchi-yoshlar bilan uchrashib, huquqbuzarliklar profilaktikasi va korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida qilinayotgan ishlar, yoshlarning huquqiy ongini oshirish, yangidan qabul qilinayotgan qonunlar yuzasidan huquqiy suhbat oʻtkazdilar.

Tadbir davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi, “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Amudaryo tumani Adliya boʻlimi bosh maslahatchisi Jamshid Bekimbetov, oʻquvchi-yoshlarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining xalqimiz hayotida tutgan beqiyos katta oʻrni, ayniqsa, yoshlarning bilim olishlari, oʻz sogʻliklarini mustahkamlashda malakali tibbiy xizmatdan foydalanish boʻyicha Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, shuningdek, farzandning ota-ona oldidagi, ota-onaning oʻz farzandlari oldidagi burch va majburiyatlari, gender tenglik, tabiat boyliklariga boʻlgan munosabatlari, bu boyliklardan oqilona foydalanish boʻyicha belgilangan kafolatlar xususida batafsil maʼlumot va tushunchalar berdi.

Oʻz navbatida tadbir ishtirokchilari masʼullarga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Oʻquvchi-yoshlar tomonidan tushgan savollarga huquqshunoslar batafsil va hayotiy misollar asosida javoblar berishdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan mazkur targʻibot tadbiri oʻquvchi-yoshlarning huquqiy va konstitutsiyaviy bilimlarini yanada mustahkamlab, ularning huquqiy savodxonligini oshirish imkonini berdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019