Kelajagimiz oʻz qoʻlimizda
Har bir inson bolaligidan turli kasb-hunarlarni egallashni orzu qiladi. Shu kasbga erishish uchun zahmatli yoʻllarni bosib oʻtadi. Men ham bolaligimdan turli-tuman kasblarni orzu qildim. Boshlangʻich sinfda oʻqiyotgan kezlarimda mohir tikuvchi boʻlaman, derdim. Ammo keyinchalik oradan yillar oʻtib oʻqituvchilik kasbiga qiziqib qoldim. Balki, oʻz onam oʻqituvchi boʻlganligi uchundir?
Oʻqituvchilik – bu eng sharafli va savobli kasb hisoblanadi. Bu yorugʻ olamda onadek, otadek gʻamxoʻr, har birimiz uchun aziz va moʻʼtabar boʻlgan ulugʻ zot – muallim va murabbiylardir.
Qadimdan kishilar oʻz zurriyodlarini ustoz qoʻliga topshirar ekanlar, "Eti sizniki, suyagi bizniki” deb ustozga nisbatan ishonch bildirishgan. Oʻqituvchilik mehnati ham azaldan xalqimiz tomonidan qadrlangan. Zero, bolaning murgʻak qalbiga ezgulik urugʻini qadagan, ilmga tashnalik, ota-ona, Vatanga mehr hissini uygʻotadigan hokisor inson – oddiy oʻqituvchidir. Eng sodda narsalardan tortib, eng buyuk kashfiyotlar sababchisi ham avvalo oddiy muallim, maktab oʻqituvchisidir. Men ham kelajak-da sharafli va mashaqqatli kasb hisoblanmish oʻqituvchilik kasbini tanlab, xalqimga foydam tegadigan inson boʻlishni orzu qilaman. Menga 31-umumtaʼlim maktabida taʼlim-tarbiya bergan barcha ustozlarimni yaqinlashib kelayotgan Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni bilan tabriklayman. Ishlarida muvaffaqiyatlar tilayman.
Sevara IBROHIMOVA,
Amudaryo akademik litseyi 1-bosqich oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶