ChIQINDILARNI YoQIB, HAVONI IFLOSLANTIRISh JAVOBGARLIKKA SABAB BOʻLADI
Shu yil 1-aprel kuni soat 12:30 va 16:30 lar atrofida Respublikamiz hududida 7 ta yongʻin sodir boʻldi. Yongʻinlar Qoʻngʻirot, Qonlikoʻl, Taxtakoʻpir, Nukus, Xoʻjayli tumanlari, Nukus shahri va Qoraoʻzak tumanlarida fuqarolarning molxonalarida kelib chiqqan. Hozirgi kunda yongʻinlarning aniq sabablari va yetkazilgan moddiy zararni aniqlash boʻyicha tergov tergov jarayonlari oʻtkazilmoqda.
Biroq, katta ehtimol bilan barcha yongʻinlarga havo haroratining koʻtarilishi, fuqarolarning obodonlashtirish ishlarini olib borishgani va chiqindilarni yoqib, qarovsiz qoldirishgani sabab boʻlishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Yongʻinlar natijasida 4 ta uy hayvonlari nobud boʻlgan. Fuqarolardan tan jarohat olgan yoki vafot etganlari boʻlmagan.
“Oʻzgidromet” agentligi xabariga koʻra, kelgusida havo yanada isishi kutilmoqda. Ayni bahor payti boʻlgan shunday kunlarda atrofdagi qurigan butalar, shox-shabbalar yigʻishtirib olinadi va tozalash ishlari amalga oshiriladi.
Hurmatli fuqarolar, obodonlashtirish ishlari davomida chiqindilarni yoqib, aslo qarovsiz qoldirmang. Chiqindilarni yoqib, havoni ifloslantirish va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 88- va 211-moddalariga koʻra javobgarlikka sabab boʻladi.
Bekzod Tajiboyev, tuman FVBning boʻlinma boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶