24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 15:48
Jamiyat 👁 207

MAʼMURIY NAZORAT OʻRNATIShGA DOIR SUD MAJLISI OʻTKAZILDI

MAʼMURIY NAZORAT OʻRNATIShGA DOIR SUD MAJLISI OʻTKAZILDI

Maʼmuriy nazorat – nazorat ostidagi shaxslarga sud tomonidan belgilanadigan maʼmuriy cheklovlarni qoʻllashdan iborat tarbiyaviy-profilaktik taʼsir koʻrsatish choralaridir. Sud tomonidan belgilangan muddat mobaynida maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan shaxs oʻz hududidagi ichki ishlar organlarining muntazam nazoratida boʻladi.

Yaqinda Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimining majlislar zalida Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi tomonidan Ichki ishlar boʻlimining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimida hisobda turgan muqaddam sudlangan fuqarolarga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi taqdimnomalariga asosan ish materiallari koʻrib chiqildi. Unda Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi Jasur Oʻrazboyev, sudya yordamchisi Elyor Jumaniyozov, tuman Ichki ishlar boʻlimi masʼullari va profilaktika inspektorlari, voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlar ishtirok etdilar.

Dastlab masʼullar “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatish tugʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va unda belgilangan talablar, maqsadi kabilar toʻgʻrisida tushunchalar berishdi. Qonunga muvofiq, maʼmuriy nazorat voyaga yetgan shaxslarga sud tomonidan oʻrnatilishi, yaʼni oʻta xavfli retsidivistlar, ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar, shu jumladan boshqa davlatlarda ozodlikdan mahrum qilinganlar, qasddan qilingan jinoyatlari uchun ikki yoki undan ortiq ozodlikdan mahrum qilinganlarga nisbatan qoʻllanilishini bayon etdilar.

Undan tashqari, tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishda tegishli davlat organlari va tashkilotlar bilan xamkorlikda profilaktik va targʻibot ishlari olib borilayotgani xususida soʻz yuritdilar. Shuningdek, hududlarda voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik, huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida tuman Ichki ishlar boʻlimining Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi, voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inpektor-psixologlari tomonidan targʻibot-tashviqot ishlari olib borilayotgani taʼkidlab oʻtdilar.

 Boʻlib oʻtgan sud majlisida mazkur Qonunning talabidan kelib chiqib, muqaddam ogʻir jinoyat sodir qilganligi uchun jazo muddatini oʻtab kelgan 1 nafar shaxs ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatildi. Ushbu fuqaroning kelgusida turmush tarzi va xulq atvorini nazorat qilish, qayta jinoyat yoki huquqbuzarliklar sodir qilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida kunning belgilangan vaqti davomida yashash uyidan chiqish, spirtli ichimliklar qoʻyib sotiladigan joylar, yaʼni kafe va shu kabi boshqa ovqatlanish joylarida boʻlish, ichki ishlar boʻlimining ruxsatisiz hududdan chiqib ketish, alkogolli ichimliklar isteʼmol qilmaslik kabi cheklovlar oʻrnatildi. Shuningdek, unga maʼmuriy nazoratdan boʻyin tovlash maqsadida hududdan oʻzboshimchalik bilan chiqib ketsa, oʻrnatilgan cheklovlarni buzsa qayta javobgarlikka tortilishi tushuntirildi.

Sud majlisi davomida tumandagi mahallalardan birida yashovchi yana bir fuqaroning bezorilik qilib, koʻchada yurish-turish qoidalarini buzganligiga doir ish ham koʻrildi. Ushbu fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasida koʻrsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda ayblandi va unga nisbatan 15 kunlik maʼmuriy qamoq jazosi berildi.

O.Qosimov, tuman IIB HPB boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026