24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 15:47
Jamiyat 👁 192

“Yashil makon” loyihasi doirasida sektorlar rahbarlari daraxt koʻchatlarini oʻtqazdi

“Yashil makon” loyihasi doirasida sektorlar rahbarlari daraxt koʻchatlarini oʻtqazdi

Inson uchun yashab turgan maskanini yashillikka burkashdan ulugʻ ish yoʻq. Xalqimizda koʻchat ekkan, bogʻ yaratgan insonlarni qadrlashgani, hurmatini joyiga qoʻyishgani ham bunga aniq misol boʻla oladi. Binobarin, ekilgan har bir koʻchat zamirida bozorlarimiz toʻkinchiligi, qurilish materiallari sanoati, yerni erroziyadan saqlash, oʻzimiz nafas olayotgan kislorodni ishlab chiqarish va yurtga chiroy hamda fusunkorlik kasb etishi bilan muhim ahamiyatga ega.

Ushbu maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda, Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan 25-martdan 5-maygacha koʻchat ekish boʻyicha “Dolzarb 40 kunlik” eʼlon qilindi.

Respublikamizning barcha hududlari singari “Yashil makon” loyihasi doirasidagi tadbirlar Amudaryo tumanida ham uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda. Mazkur loyiha doirasida daraxtlarni ekish, parvarishlash va koʻkalamzorlashtirish ishlari hamda mahallalardagi koʻp-qavatli uylar atrofi, markaziy koʻchalarda, qishloqlarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

30-mart kuni Amudaryo tumani prokurori Aziz Roʻzmetov, Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov, Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi Aydos Seitov, Xalq taʼlimi boʻlimi boshligʻi Akmal Ismailov, Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi va boshqa qator tashkilotlar mutasaddilari tuman obodonlashtirish boʻlimi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi xodimlari ishtirokida Farovon mahallasi hududida joylashgan 87-sonli maktab oldida tashkil qilinayotgan yashil hududga mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekdilar.

Aytish kerakki, sektor rahbarlari tomonidan ushbu hayrli ishga hissa qoʻshilishi yosh avlodga har tomonlama oʻrnak va namuna boʻldi.

“Yashil makon” loyihasining tadbiq etilishi faqatgina atrof-muhitni koʻkalamzorlashtirish uchun emas balki, xalqimizning azaliy qadriyatlarini yoshlar qalbiga chuqur singdirishi bilan ham ahamiyatlidir.

 Muhtaram Prezidentimiz taʼkidlaganidek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi bir yillik tadbir emas. Uning doirasida kelgusi besh yilda 1 milliard tup daraxt koʻchatini ekilishi maqsad qilingan. Bu umummilliy harakatning natijasi har bir mahallada koʻrinishi hamda har bir yurtdoshimiz bu savobli ishga oʻzining munosib hissapsini qoʻshishi kerak.

Qolaversa, atrof-muhitni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish faqatgina Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi xodimlarining vazifasi emas. Shunday ekan, keling har birimiz oʻzimiz yashab turgan hovli, koʻcha va mahalladagi yoʻl boʻylariga, oʻzimiz mehnat qilayotgan korxona yoki tashkilot hududiga koʻchat ekib, yon-atrofimizni yashil makonga aylantirishga hissa qoʻshaylik. Koʻchat ekish boʻyicha “Dolzarb 40 kunlik” davrida faollik koʻrsatib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tadbirlarda uyushqoqlik bilan ishtirok etaylik. Zero, bizdan kelgusi avlodga faqatgina obod goʻshalar meros boʻlib qolsin!

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026