MAKTABDA VATANPARVARLIK DARSI TAShKIL ETILDI
Mamlakatimizda kitob mutolaasi va targʻiboti, kitobxonlik madaniyatini oshirishga oid qator qarorlar va farmonlar qabul qilinib, aholi orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish, kitobxonlar safini oshirishga asosiy eʼtibor qaratilmoqda.
Tuman Qoʻriqlash boʻlimi xodimlari 40-sonli maktabda vatanparvarlik darsini tashkil etdilar. Oʻquvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bu borada kitobxonlikning ahamiyati va oʻrnini anglatish maqsadidagi ushbu mashgʻulot davomida insoniyat tamaddunida kitobning tutgan oʻrni, adabiyot va zamon, badiiy asarlardagi Vatanga muhabbat mavzulari, kitobxonlik madaniyati xususida soʻz bordi. Yoshlarni kitobga oshno etish, kitob mutolaasini odobning ajralmas meʼyorlaridan biriga aylantirish eng toʻgʻri yoʻl ekanligi, ulugʻ ajdodlarimizning boy ilmiy va adabiy merosi bilan tanishib borish uchun muntazam ravishda kitoblarni oʻqib borish kerakligi taʼkidlandi.
Boʻlim xodimlari oʻquvchi-yoshlar bilan turli mavzulardagi kitoblar xususida suhbatlashib, kitobxonlik boʻyicha savol-javob oʻtkazdilar.
E.Yusupov, tuman Qoʻriqlash
boʻlimi guruh komandiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶