Hokim va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega, maqsadga intiluvchan, sergʻayrat yoshlarni tarbiyalash yangi Oʻzbekistonda eng ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Shu maʼnoda yoshlarning muammo va takliflarini tinglash, ijobiy yechim topishiga koʻmaklashish maqsadida tumanimiz boʻylab “Hokim va yoshlar uchrashuvlari” tashkil qilinmoqda.
Amudaryo tumanidagi Beshtom ovul fuqarolar yigʻini hududida joylashgan 24-sonli umumtaʼlim maktabida navbatdagi “Hokim va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajapov, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismailov hamda tegishli muassasa, tashkilot masʼullari qatnashishdi.
Uchrashuv rasmiyatchilikdan holi ochiq va samimiy ruhda boʻlib oʻtdi. Tuman hokimi dastlab, yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor va shart-sharoitlar haqida toʻxtalib, mahalladagi yoshlar yetakchisining faoliyati bilan qiziqdi. Yoshlar yetakchilari, yoshlarning muammo va takliflarini oʻrganishda hokim yordamchisi bilan hamkorlikda ish yuritishi lozimligini aytib oʻtdi.
Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev yoshlarga murojaat qilib, bugun amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarining barchasi yoshlar uchunligini, yoshlar oʻz ustida doimiy ishlab, hamisha yuqori marralarni zabt etishga intilishlari lozimligini taʼkidladi.
Uchrashuvda tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajapov Vatan kelajagi faqat yoshlar qoʻlida ekanligi, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash muammolarini hal qilish uchun tumanimizdagi barcha mutasaddi tashkilot rahbarlari masʼul ekanligini aytib oʻtdi. Shuningdek, yoshlar uchun tuman Xalq qabulxonasi eshiklari doimo ochiqligi taʼkidlandi.
Shundan soʻng yoshlar tuman xokimiga oʻz muammo va takliflari bilan murojaat qildi. Uchrashuvda yoshlar tomonidan turli mazmundagi murojaatlar kelib tushdi. Joyida hal qilish imkoni boʻlgan murojaatlar, taklif va tashabbuslar yuzasidan yoshlarning talablari qanoatlantirildi. Atroflicha oʻrganishni taqozo etadigan dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi hamda aloqador muassasa, tashkilot, idoralarga muddatlar belgilanib, topshiriqlar berildi.
Xususan, imtiyozli kredit evaziga chorvachilikning qoʻychilik yoʻnalishi boʻyicha oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishni istagan Ergash Davlatbayev hamda issiqxona bunyod etib mahalladoshlarini arzon va xavfsiz poliz mahsulotlari bilan taʼminlashni niyat qilgan Umida Gulmirzayevalarning murojaati shu yerning oʻzida koʻrib chiqildi. Hamda qisqa muddatda hal etilishiga kelishib olindi.
Murojaat va savollar barobarida uchrashuvda ishtirok etgan yoshlar tuman hokimiga oʻz takliflarini ham berishdi. Hokim va yoshlar uchrashuvi barcha yoshlarda oʻzgacha taassurot qoldirdi.
Tuman hokimligning Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶