DALA XABARLARI
"Örta qalʼa" ovulidagi "Manğit” MMTP xizmat körsatuvçi fermer xöjaliklarida paxta yiğim-terimi tobora avjiga çiqmoqda. Terimçilarga, haşarçilarga unumli işlaşlari uçun barça qulayliklar yaratilganligi iş unumdorligini oşirayapti.
"Tojim dehqon", "Ram Haytimbat", "Javlon”, "Maʼruf Şahlo" fermer xöjaliklarida ayniqsa terim surʼati yuqori.
Ovuldagi mavjud paxtaçilik bilan şuğullanuvçi fermer xöjaliklari 3895 tonna paxta yiğib-terib olişni niyat qilganlar. Terilgan hosil puli har beş kunda hisob-kitob qilinayapti.
"Tölqin" ovulidagi "Ahmad-Maʼmur" fermer xöjaligi aʼzolari erta bahorda 56 gektar yerga baraka uruği ekkan edilar. Bir tekis unib çiqqan nihollar yaxşi parvarişlangani bois, barça dalalarda möl hosil yetiştirildi.
Ayni kunda ijaraçilar va ularga qiyin - qistovli kunlarda kömakka çiqqan haşarçilar yetiştirilgan hosilni ğayrat-şijoat bilan terib olmoqdalar. Ularning saʼy-harakatlari natijasida xöjalikda har kuni şartnomaviy rejaning 7-7,5 foizi miqdorida hosil qabul maskaniga topşirilmoqda.
Bugun tumanimizning har bir sof vijdonli kişisi özining örnini paxtazorda, deb bilib, dehqonlarimizning maşaqqatli mehnatlari evaziga yetiştirilgan hosilni yiğiştirib olişga kömaklaşişga intilmoqda. "Toş yop" ovulida istiqomat qiluvçi Nodira Sobirova ham hamqişloqlariga kömakdoş bölib, kuniga 140-150 kg.dan paxta terayapti.
"Boği Eram” fermer xöjaligi ijaraçisi Oydin Qurbonboyeva har yili öz dalasida möl hosil yetiştiradi. Yiğim-terim mavsumida esa çaqqonligi bois barçaga namuna bölayapdi.
U ayni kunlarda 150-155 kg.dan paxta terişga erişmoqda.
Ayni kunlarda tumanimizning barça fermer xöjaliklarida paxta yiğim-terimi tobora avj oldirilmoqda. Ijaraçilar, ularga yordamga çiqqan vaqtinça iş bilan band bölmagan aholi hamjihatlikda qisqa kunlar içida yillik rejaning ado etilişi uçun harakat qilmoqdalar. Yiğiştirib olingan hosil peşma-peş qabul maskanlariga topşirilmoqda. Qator yillardan beri Qoraqalpoğistonda, Özbekistonda birinçilardan bölib marradan oşib kelayotgan amudaryolik paxtakorlar bu yil ham ilğorlikni qöldan bermaslikka harakat qilişayotir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶