24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 16:53
Jamiyat 👁 286

Bandligi taʼminlangan fuqarolar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Bandligi taʼminlangan fuqarolar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan har bir mahallada hokim yordamchilari lovozimi joriy etilib, ular ish faoliyatining asosiy yoʻnalishlari aniq belgilab berildi.

Amudaryo tumanida ham mavjud 49 ta mahallaning hokim yordamchilari oldlariga qoʻyilgan sharafli va shu bilan birga murakkab vazifalarni oqilona bajarish hamda oʻz mahallasi hududida ishsizlik va kambagʻallikni qisqartirish borasida koʻplab ijobiy ishlarni amalga oshirmoqdalar.

Hokim yordamchilari ish boshlaganiga hali koʻp vaqt boʻlmasa ham tuman boʻyicha 255 nafar fuqaroga oʻz tavsiyalari asosida salkam 5 mlrd. soʻm miqdorda imtiyozli kredit ajratilishida yordam berishdi. Shuningdek, imtiyozli kredit ajratilgan ayrim fuqarolarga bandligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan  texnika vositalari olib berildi.

Tumanimizdagi mahallalarda  amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohatlar bilan yaqindan tanishish hamda bandligi taʼminlangan fuqarolar bilan suhbatlashish maqsadida joriy yilning 15-mart kuni Qilichboy ovul fuqarolar yigʻinida joylashgan Qilichboy Madaniyat markazida tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Amudaryo tumaniga Respublikadan biriktirilgan vakil Umidbek Yoʻldashov, Davlat xavfsizlik xizmati Amudaryo tumani boʻlimi boshligʻi Sultanmurat Jolimbetov, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi boshligʻi  Jasurbek Davletov, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismailov, tuman prokurori yordamchisi Komil Avezov hamda  hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida 33 mln. soʻmdan imtiyozli kredit ajratilgan 15 nafar fuqarolarga uch gʻildirakli mototsikl va 14 mln soʻmdan imtiyozli kredit ajratilgan 6 nafar fuqarolarga motokultivatorlar topshirildi. Masʼullar fuqarolar bilan birma-bir suhbatlashib, ish faoliyatlarida muvafaqqiyat tiladilar.

Qilichboy ovul fuqarolar yigʻinida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan Doniyor Madaminov, Otabek Olimboyev, Jonibek Jumaboyev, Dinora Rajabbayeva, Shaxzod Oʻrinbayev kabi bandligi taʼminlanmagan yoshlarga mahalladagi hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan 25 sotixdan yer ajratib berilgan edi. Masʼullar ushbu yoshlarning ajratilgan yer maydonlarida  tadbirkorlikning qanday yoʻnalishlarida faoliyat olib borishlariga qiziqib, ular bilan yaqindan suhbat qurishdi.

Shuningdek, yoshlarga onlayn auktsionda boshlangʻich badal toʻlovini amalga oshirmay qatnashishlari mumkinligi, hamda elektron raqamli imzo kalitini olishlari boʻyicha keng tarzda tushuntirishlar berildi.

Rahbarlar bilan uchrashuv hamda ular tomonidan bildirilgan iliq fikrlar barcha yoshlar dilida oʻzgacha taassurot qoldirdi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026