Deputatlar saylovchilar bilan uchrashib, hududdagi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olmoqda
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi barcha darajadagi deputatlarning faolligini yanada oshirish maqsadida 9-martdan 19-martgacha deputatlar faoliyatida “Dolzarb 10 kunlik” eʼlon qilingan edi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad deputatlarning saylov okruglarida aholi bilan uchrashuvlari oʻtkazish orqali xalq bilan muloqotni yanada yaxshilash, xalq vakillarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush farovonligini yanada yaxshilashdagi ishtirokini oshirishdan iboratdir.
Bu borada Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga saylangan deputatlar ham faollik koʻrsatishmoqda.
14-mart kuni 33-Oʻzbekiston saylov okrugidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga saylangan deputat Yaxshimurod Ahmedov oʻz saylov okrugidagi Oʻzbekiston va Qizilcholi mahallalarida boʻlib, aholi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi tuman Kengashi apparati rahbari Madamin Kazakov, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda xududdagi mahalla faollari qatnashishdi.
Saylovchilar bilan uchrashuv davomida 2022-2026-yillarda Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasining mazmun-mohiyati hamda axamiyati boʻyicha, qolaversa, Prezidentimizning joriy yil 23-24-fevral kunlari Qoraqalpogʻistonga tashrifi chogʻida belgilab berilgan dolzarb vazifalarning bajarilishi xaqida saylovchilarga keng turda tushuntirish berildi.
Uchrashuvdan soʻng, xududdagi 95 yoshli nuroniy onaxon Xaticha Xaytimbetovaning holidan xabar olinib, Navroʻz bayrami oldidan sovgʻa-salomlar berildi. Shuningdek deputat, yakka tartibda taʼlim olayotgan, bolalikdan imkoniyati cheklangan Sherzod Xolbayevning xonadonida boʻlib holidan xabar oldi hamda unga oʻquv qurollaridan iborat sovgʻalarni topshirdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga saylangan deputat Gʻ.Yeshniyozov ham oʻz saylov okrugida boʻlib, Kuyuk koʻpir OFY raisi, ovuldagi hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi bilan hududdagi kam taʼminlangan va ehtiyojmand, boquvchisini yoʻqotgan oilalarga 1 qopdan un hamda mevali daraxt koʻchatlarini sovgʻa qildi.


Madamin Kazakov, OʻzLiDeP Amudaryo tuman Kengashi apparat rahbari

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶