MAKTABGAÇA TAʼLIM SOHASI XODIMLARI UÇUN SEMINAR ÖTKAZILDI
Maktabgaça taʼlim taşkiloti taʼlim-tarbiya jarayonining ilk bosqiçidir. Şu boisdan ham maktabgaça taʼlim taşkilotlarida faoliyati samaradorligini oşirişga, bolajonlarni maktab taʼlimiga sifatli tayyorlaşga va bolalarning qamrovini kengaytirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Şu yilning 10-mart kuni Amudaryo tumanidagi 82-sonli maktabning faollar zalida tuman Maktabgaça taʼlim bölimi tomonidan ötkazilgan seminar ham şu maqsadga qaratildi.
Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça taʼlim vazirligi, Ellikqalʼa, Taxtaköpir, Törtköl tumanlari Maktabgaça taʼlim bölimi masʼul xodimlari, tuman Maktabgaça taʼlim bölimi mutasaddilari va tizimdagi taşkilotlar rahbarlari, uslubçilar, tarbiyaçilar iştirok etdilar.
Tadbirda maktabgaça taʼlim taşkilotlari xodimlari örtasida özaro manfaatli tajriba almaşinuvini yölga qöyiş maqsadida “Maktabgaça taʼlim taşkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayonini taşkil etiş”, “Maktabgaça taʼlim taşkilotlarining kuzatuv kengaşlari faoliyatini taşkil etiş, iş hujjatlarining yuritilişi”, “Taʼlim berişga kompetentsiyaviy yondoşuv”, “Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat öquv dasturi asosida taʼlim-tarbiyaviy faoliyatni rejalaştiriş” mavzularida maʼruzalar qilindi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça taʼlim vazirining birinçi örinbosari, Ellikqalʼa, Taxtaköpir, Törtköl tumanlaridagi davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari metodistlari va tarbiyaçilari, Amudaryo tumani Maktabgaça taʼlim bölimi masʼullari kun tartibidagi masalalar yuzasidan maʼruza qildilar.
Maʼruzalar yuzasidan tadbir iştirokçilar öz fikr-mulohazalarini bildirib ötdilar. Xususan, maktabgaça taʼlim taşkilotlarida tarbiyalanayotgan bolajonlarning har tomonlama, barkamol rivojlanişiga erişiş uçun ularning nutqini, jismoniy çiniqişini, aqliy qobiliyatini östirişga eʼtiborni kuçayiriş, ularning qobiliyatlarini şakllantirişga induvidual yondaşiş, maşğulotlarni bolajonlarga yoqadigan tarzda qiziqarli taşkil etiş böyiça fikrlar, amaliy takliflar bildirildi.
Şunisi eʼtiborliki, keyingi yillarda maktabgaça taʼlim taşkilotlariga bolalar qamrovini oşirişga, muassasalarda bolajonlarga sifatli taʼlim-tarbiya berilişiga alohida eʼtibor qaratilmoqda, maktabgaça taʼlim tizimini yanada takomillaştiriş, soğlom, faol, tölaqonli, jamiyatga moslaşgan bola şaxsini şakllantirişga ğamxörlik kuçaymoqda.
Tuman Maktabgaça taʼlim bölimi tomonidan ham taʼlim tizimining ilk bosqiçi bölgan mavjud maktabgaça taʼlim taşkilotlarida bolalarni soğlom, har tomonlama rivojlangan va erkin şaxs sifatida şakllantiriş, bolalarning qobiliyatlarini oçib beriş, taʼlim olişga bölgan intilişlarini kuçaytiriş maqsadida izçil işlar amalga oşirilmoqda.
Seminar bu boradagi işlarni yangi sifat bosqiçiga kötarişda muhim ahmiyat kasb etişi şubhasiz.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶