“YoSh QUTQARUVChILAR” HARBIY-SPORT MUSOBAQASI OʻTKAZILDI
Bolalar-oʻsmirlar sport maktabida umumtaʼlim maktablaridagi “Yosh qutqaruvchilar” koʻngillilar klublari aʼzolari oʻrtasida harbiy-sport musobaqasi oʻtkazildi.
5-mart kuni boʻlib oʻtgan ushbu musobaqaning tuman bosqichida 5 ta maktabdan jamoalar ishtirok etdi. Musobaqaga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boʻlim boshligʻi J.Yesenbayev, Vazirlikning qutqaruv otryad komandiri Q.Nurimbetov, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi Gʻ.Oʻralov, tuman hokimi oʻrinbosari – Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Gʻ.Duysenboyev, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi S.Ismailov hamda tuman XTB metodisti N.Abdullayevlar tashrif buyurdi. Tadbirni tuman hokimining oʻrinbosari M.Shermetov ochib berdi va ishtirokchilariga omad tiladi.
Musobaqada jamoalar 5 ta shart asosida bellashdilar. Birinchi shartga koʻra jamoalarning nazariy bilimlari sinab koʻrildi. Ikkinchi shartda jamoalar birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha tushunchalarini amalda koʻrsatib berdilar va bu tuman Tibbiyot birlashmasining tegishli mutaxassislari tomonidan baholandi. Uchinchi shartda esa jamoalarning arqon bogʻlash usullari va nomlanishi sinab koʻrildi. Toʻrtinchi shartda jamoaviy tarzda belgilangan vaqt davomida palatka qurish amalda sinab koʻrildi. Beshinchi shartda yongʻin-qutqaruv estafetasi oʻtkazilib, jamoalarning chaqqonligi amalda sinab koʻrildi va baholandi.
Qizgʻin oʻtgan bellashuvda I oʻrinni 1-sonli maktabning “Qalqon” jamoasi, II oʻrinni 20-sonli maktabning “Qutqaruvchilar” jamoasi, III oʻrinni 28-sonli maktabning “Everest” jamoasi qoʻlga kiritdi. Faxrli I oʻrinni egallagan 1-sonli maktabning “Qalqon” jamoasi musobaqaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi birinchiligi yoʻllanmasiga ega boʻldi.
Musobaqa gʻoliblariga tuman hokimligi va Xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan I, II va III darajali diplomlar, esdalik sovgʻalar topshirildi.
B.Tajiboyev, tuman FVB FVDT va FM FTE, XTB boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶