24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 16:54
Jamiyat 👁 130

Qoramon mahallasida faol ayol-qizlar uchun bayram tadbiri tashkil qilindi

Qoramon mahallasida faol ayol-qizlar uchun bayram tadbiri tashkil qilindi

Bugungi kunda jamiyatimizda ayollarning salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning barkamol avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirish, barcha jabhalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Natijada oila taqdiri, xotin-qizlar kelajagi hamda ularning jismoniy va maʼnaviy jihatdan barkamollligini taʼminlashga eʼtibor kuchaydi. Chunki Ayol – nafosat va goʻzallik timsoli. Uning mehridan olam nurga toʻladi. Dunyoda ayolning oila, farzand tarbiyasidagi rolini oʻlchaydigan mezonning oʻzi yoʻq. Jamiki ezguliklar ayoldan boshlanadi. Hayotimizga mazmun bagʻishlaydigan, odamiylik, mardlik, olijanoblik, sabr-toqat, sadoqat sohibasi boʻlmish ayollar har qancha eʼtibor-u ehtiromlarga loyiqdir.

Yurtimizla har yili 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kunining ulkan bayram qilinishi ham ana shunday moʻʼtabar zotlarga hurmat-ehtirom ifodasidir.

Tumanimizda ushbu bayram ulkan tantana qilindi, barcha taʼlim muassasalarida, mehnat jamoalarida, ovul va mahallalarda turli madaniy tadbirlar, koʻngilochar tomoshalar boʻlib oʻtdi.

Qoramon mahallasida ham farzandlariga yaxshi tarbiya berib, komil insonlar qilib voyaga yetkazayotgan onaxonlar, ibratli hayot yoʻlini bosib oʻtgan nuroniy onaxonlar, elga fidoyi xizmat qilayotgan xotin-qizlar koʻpchilikni tashkil etadi. Mahallaning ana shunday 92 nafar ayol-qizlari uchun bayram arafasida madaniy tadbir tashkil etildi.

Hududdagi 23-sonli maktab faollar zalida 8-mart kuni tashkillashtirilgan tadbirda mahalla oqsoqoli Murot Abdullayev yigʻilganlarni bayram bilan qizgʻin qutladi, ularning mahalla faoli sifatidagi faoliyatiga ulkan baho berib, kelgusidagi ishlariga ham muvaffaqiyatlar tiladi.

Tadbirda tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi xodimi Rahmonbek Bobojonov ham Qoramon mahallasi faol ayol-qizlarini bayram bilan qizgʻin muborakbod etdi.

Tabriklardan soʻng tadbir ishtirokchilariga bayram sovgʻalari topshirildi. Oʻzlariga qaratilayotgan buningdek eʼtibordan xursand boʻlgan mehmonlar toʻkin dasturxon atrofida dildan suhbat qurdilar, shoʻx va diltortar qoʻshiqlar, kuylar tinglab, madaniy dam oldilar, shodliklarini ajoyib raqslari bilan ifoda etdilar. Shuningdek, tadbir tashkilotchilari – mahalla fuqarolar yigʻini xodimlariga, homiylar - hududning 8 nafar fermer xoʻjaliklari raislariga chuqur minnatdorchilik bildirdilar.

Bunday tadbirlar tumanimizning barcha shaharcha, ovul va mahallalarida ham oʻtkazilmoqda.

1910-yilda Kopengagenda boʻlib oʻtgan xalqaro konferentsiyada 8-martni Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida nishonlash, ularga ham erkaklar bilan teng huquqlar berilishi, munosib mehnat sharoiti yaratilishi taklifi oʻrtaga tashlangan edi. Bu taklif turli mamlakatlarda turli yillarda amalga oshirildi va 1965-yildan beri dam olish kuni hisoblanadi.

Sana bugungi kunda mamlakatimizda ayol-qizlarni qadrlash, hurmatlash, eʼzozlash kuni sifatida nishonlanadi va barcha ayol-qizlarga ulkan shodliklar hadya etadi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026