14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 20:07
Fan va taʼlim 👁 339

«XORIJIY TILLARNI OʻQITISh BOʻYIChA ENG YaXShI MAKTAB» TANLOVINING TUMAN BOSQIChI BOʻLIB OʻTDI

«XORIJIY TILLARNI OʻQITISh BOʻYIChA ENG YaXShI MAKTAB» TANLOVINING TUMAN BOSQIChI BOʻLIB OʻTDI

Prezidentimizning «Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qaroriga asosan «Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab» tanlovining Amudaryo tumani bosqichi oʻtkazildi.

Joriy yilning 4-mart kuni 40-sonli maktabda tuman Xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan taʼlim muassasalari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, ularda xorijiy tillarni oʻqitishning darajasi va sifatini oshirishni ragʻbatlantirish, oʻqitish sifati boʻyicha xalqaro mezon va standartlarga muvofiq yuqori koʻrsatkichlarga erishishga zamin yaratish maqsadida oʻtkazilgan ushbu tanlovda 71 ta umumtaʼlim maktablaridan 336 nafar oʻquvchi ishtirok etdi.

Tanlovning Nizomida asosan har bir maktabdan bitta chet tili, yaʼni ingliz, nemis, frantsuz tillaridan biri boʻyicha 7-9-sinflarda tahsil oladigan 5 nafar oʻquvchidan tashkil topgan bitta terma jamoa qatnashishi kerakligi belgilab qoʻyilgan. Shunga koʻra tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan ushbu 71 ta maktab 2021-yilning sentyabr-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublkasi Xalq taʼlimi vazirligining axborot tizimiga Vazirlik tomonidan belgilangan asosiy koʻrsatkichlarini kiritib, tizim tomonidan baholangan edi.

Shu kuni tanlovda maktab terma jamoasining xorijiy tillarni bilish darajasi test topshiriqlari vositasida sinovdan oʻtkazildi. Test sinovlari barcha tuman va shaharlarda bir vaqtda soat 11:00 da boshlandi va yechish uchun 90 daqiqa vaqt ajratilib, sinovlar soat 12:30 da yakunlandi.

Xorijiy til bilish darajasini aniqlashga qaratilgan test topshiriqlari 7-9-sinf oʻquvchilari uchun moʻljallangan boʻlib, xalqaro taʼlim standartlari asosida tayyorlangan 30 ta topshiriqdan iborat. Maktab terma jamoasi aʼzolari toʻplagan jami ballarni 5 ga boʻlgan holda aniqlandi va asosiy koʻrsatkichlarga qoʻyilgan ballar qoʻshilgan holda maktabning umumiy natijasi chiqarildi.

Ushbu tanlovni oʻtkazishdan asosiy maqsad – maktablarda xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligini tahlil qilish, xorijiy tillar boʻyicha oʻquvchilarga sifatli taʼlim berayotgan, samarali faoliyat olib borayotgan oʻqituvchilarni aniqlash va ragʻbatlantirishdan iborat. Shuningdek, maktablarda xorijiy tillarni oʻrgatish boʻyicha koʻrsatilayotgan taʼlim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish, ularda amalga oshirilayotgan ishlar va erishilayotgan natijalar toʻgʻrisida keng jamoatchilikni xolis axborotlar bilan taʼminlash rejalashtirilgan. Undan tashqari, tanlovda yuqori koʻrsatkichlarni qayd etgan maktablarni ragʻbatlantirish, ularning tajribasini ommalashtirish ham koʻzda tutilgan.

Tanlov gʻoliblari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini bilan mukofotlanadi. Tuman bosqichidagi 1-oʻrin uchun — 100 million soʻm, 2-oʻrin uchun — 75 million soʻm, 3-oʻrin uchun — 50 million soʻm pul mukofotlari tuman mahalliy byudjetlari hisobidan beriladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichidagi 1-oʻrin uchun — 250 million soʻm, 2-oʻrin uchun — 200 million soʻm, 3-oʻrin uchun — 150 million soʻm berilishi koʻzda tutilgan. Respublika bosqichida 1-oʻrin uchun — 500 million soʻm, 2-oʻrin uchun — 400 million soʻm, 3-oʻrin oʻrin uchun — 300 million soʻm pul mablagʻlari ajratiladi.

Tanlovning tuman bosqichida umumiy natijaga koʻra eng yuqori ball toʻplagan maktablar ballar ketma-ketligiga koʻra 1-oʻrinni 40-sonli maktab, 2-oʻrinni 56-sonli maktab, 3-oʻrinni 32-sonli maktablar jamoalari qoʻlga kiritdi. Tuman bosqichida 1-oʻrinni koʻlga kiritgan 40-sonli maktab jamoasi tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida qatnashish imkoniyatiga ega boʻldi.

Tuman hokimligining axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar 14.08.2026 Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019