24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 17:03
Jamiyat 👁 314

Amudaryo tuman hokimi C.Yoʻldashevning 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tabrigi

Amudaryo tuman hokimi C.Yoʻldashevning 8-mart –  Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tabrigi

Muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar!

Avvalo, Siz azizlarni, sizlar orqali barcha tumanimiz ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Tariximizga nazar soladigan boʻlsak onalarni, ayol zotini eʼzozlash el-yurtimiz uchun azal-azaldan ezgu qadriyat boʻlib kelgan. Odamzot ongli hayot boshlagan kundan beri insoniyat ayol zotiga ixlos qoʻyib, uni sevib, ardoqlab keladi. Ayolni eʼzozlash, unga ehtirom koʻrsatish oʻzbek xalqiga xos olijanob xislatlardan biridir. 

Haqiqatan ham, goʻzallik va nafosat, mehru muhabbat, vafo va nazokat ramzi boʻlgan, oʻzining mehribonligi, qalb saxovati bilan har qaysi oilani oila qiladigan, unga fayz-u tarovat beradigan, farzandlarimiz yuragiga oʻz ona yurtiga sevgi va sadoqat tuygʻusini singdiradigan ayollarimizning betakror fazilatlari haqida har qancha gapirsak, ularni har qancha eʼzozlasak, arziydi.

Hadisi shariflarda aytilganidek, “Jannat onalarning oyogʻi ostidadir”. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning “Ayollar – farishtalarning opa-singillaridir” degan soʻzlari zamirida ham naqadar chuqur hayotiy falsafa mujassam ekanini anglash qiyin emas.

Hurmatli Prezidentimiz tomonidan ayollarning jamiyatdagi oʻrni va mavqeiga yuqori baho berilib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlarimizning bilimdon, zamonaviy mutaxassis, malakali kasb egalari boʻlishlari hamda sogʻlom va mustahkam oila qurishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida mamlakatimizda keng koʻlamli islohotlar olib borilmoqda.

Prezidentimiz tashabbuslari bilan yaqindagina “Xotin-qizlar va oila ishlari qoʻmitasi” tashkil etilishi, magistraturada oʻqiyotgan qizlarning kontrakt pullari byudjetdan, ehtiyojmand oilalar qizlarining kontrakt pullari esa mahalliy byudjetlardan toʻliq qoplab berilishi, xususiy sektorda rasmiy ishlayotgan ayollarga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan toʻlab berish tizimi yaratilganligi va boshqa koʻplab misollar fikrimizning isbotidir.

Bir soʻz bilan aytganda, bugun yurtimizda ayollarni eʼzozlash va ardoqlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar hech qachon davlatimiz va jamiyatimizning diqqat markazidan chetda qolmaydi.

Tumanimizda ham ilgʻor va jonkuyar ayollarimiz oʻzlarning bor kuch-gʻayrati va shijoati bilan davlatimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qilmoqdalar. Bugun oila va jamiyat, taʼlim va tibbiyot, tadbirkorlik va ishbilarmonlik, qishloq xoʻjaligi, madaniyat va sanʼat, qoʻyingki, qaysi sohani olib qaramaylik, oʻz kasbining haqiqiy egasi, oʻz sohasining bilimdoni boʻlgan faol ayollarni barchaga oʻrnak va namuna qilib koʻrsatish mumkin. Dilbar va latofatli qizlarimiz esa ilm-fanda, sportda, madaniyat va boshqa koʻplab sohalarda oʻzlarining kuch-gʻayrati, aql-zakovati bilan yuksak natijalarga erishmoqdalar. Nuroniy onaxonlarimiz va momolarimizning pand-nasihatlari, yoʻl-yoʻriq va hayotiy tavsiyalari esa yoshlarimizning ertangi kunini, hayot yoʻlini yorituvchi chiroq vazifasini oʻtamoqda.

Fursatdan foydalanib, ularning barchasiga davlat va jamiyat ishlarida, ilm-fanda, oilasida hamda hayotda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Aziz va muhtarama onaxonlar! Dilbar qizlar va munis opa-singillar!

Sizlarni yana bir marta oʻzingiz kabi goʻzal bahor faslining ilk bayrami – 8-mart – xalqaro xotin-qizlar kuni bilan yana bir bor chin qalbimdan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

Doimo yaqinlaringiz, farzand va nabiralaringiz, el-yurtimiz ardogʻida yurish nasib etsin!

Umringiz uzoq, baxtingiz ziyoda boʻlsin!

Bayramingiz muborak boʻlsin!

Sultonboy Yoʻldoshev, Amudaryo tumani hokimi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026