14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 21:13
Fan va taʼlim 👁 398

Pedagoglardan iborat jamoalar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi

Pedagoglardan iborat jamoalar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi

Mamlakatimizda ilm-fan rivojiga qaratilayotgan eʼtibor koʻlami yil sayin kengaymoqda. Yoshlarning aql-zakovatini oshiradigan, iqtidorini roʻyobga chiqaradigan loyihalar izchil qoʻllab-quvvatlanayotgani, intellektual salohiyatni oshirishga qaratilgan har qanday tashabbus ragʻbatlantirilayotgani oʻzining ijobiy samaralarini bermoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qarori imzolanishi ham bilimga chanqoq yoshlar uchun muhim yangilik boʻldi.

 Qarorga asosan, Amudaryo tumani Xalq taʼlim boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktab pedagoglari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil qilindi. Maqsad – iqtidorli yoshlarning bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilishdir. Oʻtkazilgan mazkur intellektual oʻyinda tumanimizdagi 85 ta umumtaʼlim maktablarining har biridan 1 tadan jamoa qatnashib, bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.

21-fevraldan 24-fevralgacha “Zakovat” intellektual oʻyinining sektorlar kesimida saralash bosqichi oʻtkazildi. Hududiy saralash bosqichida 1-sektor hududidan 18-, 26- va 82-sonli umumtaʼlim maktab pedagog jamoalari, 2-sektor hududidan 15-, 27- va 84-sonli maktablar pedagog jamoalari yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. 3-sektor hududidan 9-, 41- va 85-sonli maktab pedagog jamoalari, 4-sektor hududidan esa 30-, 31- va 76-sonli maktab pedagog jamoalari keyingi bosqichga yoʻllanma oldilar.

“Zakovat” intellektual oʻyinining yarim final bosqichi 26-fevral kuni oʻtkazilib, bir-biridan bilimdon va salohiyatli jamoa vakillari oʻzlarining bor bilimlarini ishga solib, kuch sinashishdi.

Yarim final oʻyinlari natijalariga koʻra, 1-sektor hududidan 18-sonli umumtaʼlim maktabi pedagog jamoasi, 2-sektor hududidan 84-sonli umumtaʼlim maktab pedagog jamoasi, 3-sektor hududidan 9-sonli umumtaʼlim maktabi pedagog jamoasi, 4-sektor hududidan esa 30-sonli umumtaʼlim maktab pedagog jamoalari finalga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

1-mart kuni “Zakovat” intellektual oʻyinining tuman boʻyicha final bosqichi boʻlib oʻtdi. Murosasiz kechgan oʻyin natijalariga koʻra finalda 1-oʻrinni 30-sonli, 2-oʻrinni 9-sonli va 3-oʻrinni 84-sonli maktab pedagoglaridan iborat bilimdonlar jamoalari egallashdi. Gʻolib boʻlgan jamoalar Faxriy yorliq va estalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Shu oʻrinda aytish lozimki mustaqil fikrlaydigan, zukko va keng dunyoqarashga ega boʻlgan oʻgʻil-qizlarni tarbiyalash borasidagi ishlarga davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yoʻnalishi sifatida alohida eʼtibor berilmoqda. Yoshlarni izlanuvchanlik, tashabbuskorlik va yetakchilikka undab kelayotgan “Zakovat” intellektual oʻyini ham ushbu vazifalar ijrosini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

F.Eshimbetova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019