18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 12:13
Jamiyat 👁 247

Oʻrta qalʼa ovul fuqarolar yigʻinining Yoshlar yetakchisi faoliyatiga bir nazar

Oʻrta qalʼa ovul fuqarolar yigʻinining Yoshlar yetakchisi faoliyatiga bir nazar

Mamlakatimizda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish, intilish va qobilyatlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan koʻplab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish maqsadida muhtaram Prezidentimiz tomonidan shahar, qishloq, hamda ovullardagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.

Amudaryo tumanidagi 49 ta mahalla va ovul fuqarolar yigʻinlarida bugun 49 nafar Yoshlar yetakchilari faoliyat olib borishmoqda. Ularga oʻz mehnat faoliyatini samarali tashkil etishlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratilib, zarur texnik vositalar bilan toʻliq taʼminlangan.

Yoshlar yetakchilari oʻz ish faoliyatini boshlaganiga koʻp vaqt boʻlmadi. Ammo, bir oydan oshiq vaqt davomida oʻz mahallasi hududidagi yoshlar bilan bevosita muloqot qilib, mavjud muammo va takliflarini tizimli ravishda oʻrganishmoqda.

Jumladan, Oʻrta qalʼa ovul fuqarolar yigʻini Yoshlar yetakchisi Nigora Saidmurotova tomonidan yoshlar balansini shakllantirish, mahallaning “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish hamda “Yoshlar daftari” ni yuritish boʻyicha 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarni xatlovdan oʻtkazish, ularning har biriga soʻrovnoma toʻldirish, muammo va takliflarini oʻrganib, tegishli choralar koʻrish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 10-fevral kuni tumanimizning 2-sektori hududida Yoshlar forumi boʻlib oʻtdi. Forum doirasida “Salomatlik uchun besh ming qadam”, ertalabki badantarbiya mashqlari va turli sport musobaqalari, “Zakovat” intellektual oʻyini, “Yosh kitobxon” tanlovlari oʻtkazildi. Bundan tashqari, tumandagi harbiy qismda xizmat burchini oʻtayotgan harbiylarning chiqishlari, kechki kontsert dasturi va gulxan yoqish marosimlari ham boʻlib oʻtdi. Butun kun davomida oʻtkazilgan tadbirlar barcha yoshlar dilida oʻzgacha taassurot qoldirdi. Forumga 1000 nafarga yaqin yoshlar qamrab olindi.

Maʼlumot uchun, Oʻrta qalʼa ovul fuqarolar yigʻinida 1017 nafar yoshlar istiqomat qilishadi. Shu oʻrinda aytish joizki, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun ovul hududida barcha sharoitlar yaratilgan. Hududdagi umumtaʼlim maktablarining sport zallari, informatika xonalari va kutubxonalardan ovul yoshlari ham foydalanishlari mumkin.

Bugun yoshlarning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk insonlar boʻlib ulgʻayishi yoʻlida zamonaviy shart-sharoitlarni yaratib berish uchun Oʻzbekiston bor kuch va imkoniyatlarini ishga solmoqda.

Chunki, yosh avlodni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, maʼnaviy yetuk, jismonan sogʻlom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga eʼtibor qancha kuchaytirilsa, uning samarasi ham shuncha yuqori boʻladi. Ushbu vazifalar ijrosini taʼmnlash uchun mahalladagi Yoshlar yetakchilari bor kuch va gʻayratini safarbar qilmoqda.

Biz ularga masʼuliyatli va shu bilan birga sharafli kasblarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Tuman hokimligining axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026