BOLALAR NAFAQASI YaNGIÇA TARTIBDA BERILMOQDA
Tuman Yuridik xizmat körsatiş markazi iş boşlaganiga unçalik köp vaqt bölmagan bölsa ham bugungi kunda fuqarolar juda köp masalalarda yuridik maslahatlar sörab murojaat qilişadi. Hozirgi kunda bu murojaatlarning köpçiligi aynan bolalar nafaqasini oliş masalalariga borib taqaladi.
Maʼlumki, Prezidentimizning 2021-yil 11-avgustdagi “Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam körsatiş hamda kambağallik bilan kuraşiş kölamini yanada kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2021-yil 1-sentyabrdan boşlab 14 yoşgaça bolalari bölgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoşga tölguniga qadar uni parvariş qiliş nafaqasi örniga kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etilgan edi.
Şunga köra endilikda inobatga olinadigan bolalar yoşi 14 yoşdan 18 yoşgaça, nafaqaning tölov muddati 6 oydan 12 oygaça oşirildi. Şu bilan birgalikda nafaqa miqdori oiladagi bolalar sonidan kelib çiqib belgilaş tartibi qöllaniladigan böldi.
Bu böyiça Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy himoya qiliş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori ham qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, kam taʼminlangan oilalarni "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi orqali aniqlaş, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uçun nafaqa va moddiy yordam tayinlaş va tölaş tartibi töğrisida"gi Nizom tasdiqlandi.
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam uşbu Nizomda belgilangan tartibda ariza beruvçi murojaat qilgan oydan keyingi oydan boşlab tölanmoqda.
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tölaşning belgilangan muddati tugagaç, ariza beruvçi uşbu nafaqa yoki moddiy yordamni yangi muddatga tayinlaş uçun ariza bilan murojaat qiliş huquqiga ega.
Ş.VAISNIYaZOV, tuman Yuridik xizmat körsatiş
markazi boş yuristkonsulti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶