INSON HUQUQLARINI TAʼMINLASh – BOSh MAQSADIMIZ
Mustaqil demokratik yoʻldan dadil odimlayotgan Oʻzbekistonning eng ulugʻ maqsadi, avvalo xalqimiz manfaatlari koʻzlangan islohotlarni amalga oshirishga qaratilgani bilan eʼtiborlidir. Bu jihatlar Konstitutsiyamizda ham mustahkamlab qoʻyilgan.
Jumladan, Bosh Qomusimizning 2-bob 13-moddasida “Oʻzbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi" deyilgan.
Yurtimizda inson huquq va erkinligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga hamohang tarzda faoliyat yuritayotgan Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi va Prokuratura organi ham shu kabi ezgu ishlarni amalga oshirishga kamarbastalik qilib kelmoqda.
Yangi Oʻzbekistonda qisqa tarixiy muddat ichida milliy davlatchilikni shakllantirishning huquqiy asoslari yaratildi. Xalq farovonligi yoʻlida kuchli huquqiy davlatdan fuqarolik jamiyati sari ildam qadam qoʻyish maqsadida erkin bozor munosabatlariga asoslangan kuchli iqtisodiyot barpo etildi. Shu tariqa, yurtimiz xalqaro huquqning toʻlaqonli va teng huquqli subʼektiga aylandi.
Oʻzbekistonning demokratik oʻzgarishlarga sodiqligini namoyish qilish, yurtimizda kechayotgan ulkan oʻzgarishlar va yangilanishlar davrida avvalo inson huquqlarini himoya qilish va ragʻbatlantirish birlamchi vazifalardan sanaladi.
D.ABDULLAYeV,
Nukus harbiy prokurori yordamchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶