MAKTAB ATROFI YaShIL MAKONGA AYLANTIRILMOQDA
Mamlakatimizda tabiatni asrash va ekologik holatni yaxshilash maqsadida daraxt ekish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan daraxtzorlarni koʻpaytirishga alohida eʼtibor qaratilib, shu maqsadda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab berilgan edi. Qolaversa, Prezidentimizning 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq butun mamlakatimiz miqyosida “Yashil makon” umummilliy loyihasi qizgʻin davom ettirilmoqda.
Loyiha doirasida daraxtlarni ekish va parvarish qilish sohasidagi boshqaruv tizimi takomillashtiriladi, ilmiy yondoshuvlar asosida hududlarning tuproq-iqlim va boshqa xususiyatlari tadqiq va tahlil qilinib, natijasiga koʻra manzarali va mevali koʻchatlar oʻtqaziladi, ekilgan daraxtlarni parvarish qilish uchun masʼul shaxslar belgilanadi va daraxtlarni shikastlantirgan, nobud qilganlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Amudaryo tumanida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan vazifalarni ijro etish uchun harakatlar allaqachon boshlanib ketdi.
Buningdek xayrli ishga kirishganlar safida Toʻlqin ovuli hududidagi 33-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining jamoasi ham bor. Avvalo shuni taʼkidlash kerakki, ushbu muassasada 62 nafar malakali pedagoglar 557 nafar oʻquvchilarga ilgʻor pedagogik texnologiyalar asosida taʼlim-tarbiya berishmoqda. Bolalar qiziqishlariga koʻra Besh tashabbus doirasida tashkil etilgan toʻgaraklarga jalb etilgan, shuningdek, fanlarni chuqur oʻzlashtirishlariga xizmat qiluvchi fan toʻgaraklari faoliyati ham yoʻlga qoʻyilgan. Bu saʼy-harakatlar tufayli maktab oʻquvchilari turli sport musobaqalarida nufuzli oʻrinlarni egallab kelishayapti, fanlar olimpiadasida uch nafar oʻquvchi tuman bosqichi gʻolibi boʻlib, keyingi bosqichda qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.
Eʼtiborli jihati maktab atrofi turli manzarali, mevali daraxtlar bilan oʻralgan. Yoz boʻyi hovlisida gullar chaman boʻlib ochilib, atrofga fayz berib turadi.
Ahil jamoa “Yashil makon” umummilliy aktsiyasi doirasida ishlarni ham allaqachon boshlab yuborishdi. Aktsiya doirasida shu yil 26-fevral kuni olib borilgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari tufayli maktab hududidagi 150 tup archalarga shakl berildi, 1500 dona terak qalamchalari oʻtqazishga tayyorlandi.
Shuningdek maktab bogʻini kengaytirish maqsadida 120 tup olma, nok, olcha koʻchatlari oʻtqazildi. Amalga oshirilgan ishlarda maktab oʻqituvchilar jamoasi va texnik xodimlari faol ishtirok etdilar. Natijada taʼlim muassasasi atrofi tozalanib, obodonlashtirildi va yanada fayzli maskanga aylandi.
Butun tumanimiz boʻylab amalga oshirilayotgan buningdek obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari hududimizda yashil daraxtlar koʻpayib, ekologik muvozanat yaxshilanishiga asos boʻladi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶