Tuman Içki işlar bölimi şaxsiy tarkibi iştirokida yiğiliş bölib ötdi
Korruptsiyaga qarşi kuraşiş Özbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlaridan biridir. Buni sönggi yilllarda sohaga oid qabul qilingan kontseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korruptsiyanining oldini olişga qaratilgan maʼmuriy islohotlar misolida ham köriş mumkin.
Bugungi kunda korruptsiyaga qarşi kuraşiş hamda uning oldini oliş maqsadida Içki işlar organlari tomonidan köplab tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, 27-fevral kuni Amudaryo tumani Madaniyat markazida Özbekiston Respublikasi va Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar Vazirligi masʼul xodimlari hamda tuman Içki işlar bölimi şaxsiy tarkibi iştirokida yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişda xodimlar örtasida qonuniylik va xizmat intizomini mustahkamlaş hamda korruptsiyaga qarşi kuraşişning öziga xos usullari muhokama qilindi. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş faoliyatini samarali taşkil etişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorga muvofiq amalga oşirilayotgan işlar böyiça keng tarzda maʼlumot berib ötildi.
Bundan taşqari yiğilişda, korruptsiyaga qarşi kuraşiş tadbirlarining samaradorligini oşiriş böyiça bir qator vazifalar belgilab olindi.
Darhaqiqat, korruptsiya şunçaki jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, balki maʼnaviy buziliş holati hamdir. Şunday ekan, uşbu illatni tag-tomiri bilan yöqotiş uçun faqatgina huquq-tartibot organlari vakillari emas balki butun bir jamiyat jipsligi talab etiladi.
Ötkazilgan mazkur yiğilişda şu mavzuga bağişlangan “Korrupiya − jaholatga yöl” nomli videorolik namoyiş etildi.
Yiğiliş iştirokçilari tomonidan fikr va mulohazalar bildiriş jarayonida korruptsiya mamlakatning iqtisodiy rivojlanişiga putur yetkazuvçi demokratik institutlarni zaiflaştiruvçi, ijtimoiy tartibni buzuvçi va jamiyat işonçini poymol etuvçi illat sifatida eʼtirof etilib, uning oldini oliş va unga barham berişda davlat organlari va xalqning hamkorligini yölga qöyiş zarurligi qayd etib ötildi.
Bunday yiğilişlarni ötkazişdan maqsad, avvalo korruptsion jinoyatçilikning oldini olişda huquq-tartibot organlari vakillarining örni nihoyatda katta ahamiyatga ega ekanligini va bu borada amalga oşirilayotgan tizimli işlar kölamdorligini yanada oşiriş böyiça aniq çora-tadbirlar belgilab olişdan iboratdir.
Yiğiliş yakunida öz xizmat vazifasini bajariş davomida jamiyatimizda qonun ustuvorligini taʼminlaş, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş va uning oldini oliş borasida mardona xizmatlar qilgan 5 nafar soha xodimlari hamda ularning ota-onalari taşakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Yiğilişda sözga çiqqanlar taqdirlangan xodimlarni tabriklab, içki işlar idoralari xodimlarining öz xizmat vazifasiga yanada masʼuliyat bilan yondaşib, xalqimiz tinçligi va jamiyat osoyiştaligini taʼminlaşdek şarafli işlariga omad tiladilar.
Fotima Eşimbetova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶