22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 03:50
Fan va taʼlim 👁 290

Qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi

24-fevral kuni Amudaryo tumanining Olmazor mahallasi hududida joylashgan 82-sonli umumtaʼlim maktabi binosida tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Akbar Ismailov, tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Moʻʼminjon Matyusupov, Davlat xavfsizlik xizmati tuman boʻlinmasi vakili, Xalq taʼlim boʻlimi masʼul xodimlari hamda maktab direktorlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

 Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoyishi, “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun mazmun-mohiyati hamda pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarning mazmun-mohiyati boʻyicha masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek yigʻilishda, maktablarda joriy etilishi kutilyotgan e-huquqshunos tizimi hamda Xalq taʼlimi tizimiga doir boshqa masalalar ham koʻrib chiqilib ishtirokchilarning taklif va tavsiyalari tinglandi.

Dastlab tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Akmal Ismailov yigʻilganlarni kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirib oʻtdi. Shundan soʻng Davlat xavsizlik xizmati Amudaryo tuman boʻlinmasi xodimi tomonidan korruptsion holatlarning oldini olishda barcha birdek masʼulligi, ayniqsa bu borada taʼlim tizimida yanada hushyorlik taʼlab qilinishi aytib oʻtildi. Jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan koʻriladigan jazo choralari muqarrar ekanligi taʼkidlandi.

Shuningdek yigʻilishda, tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetovning Xalq taʼlimi tizimini yanada rivojlantirish, sohaga doir yangi tashabbuslarni ilgari surish va ularni qoʻllab-quvvatlash, taʼlim va tarbiya sifatiga bevosita va bilvosita taʼsir qilishi mumkin boʻlgan holatlar, masʼul idoralarning bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish haqidagi fikrlari tinglandi.

Qolaversa, 2022-yil davomida Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha tumanda amalga oshiriladigan ishlar rejasi tasdiqlanganligi va ushbu reja asosida tizimli ishlar amalga oshirilishi maʼlum qilindi.

Bundan tashqari, yigʻilishda pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibiga kiritilgan oʻzgartirishlar hususida tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri tomonidan keng turda maʼlumot berib oʻtildi.

Shuningdek, maktablarda joriy etilishi kutilyotgan e-huquqshunos tizimi haqida tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Moʻʼminjon Matyusupov ken turda tushunchalar berdi.

Yigʻilish yakunida maktab direktorlarining oʻz ishiga masʼuliyatini oshirishi, maktabda sogʻlom rivojlantiruvchi muhitni yaratishi lozimligi, pedagog kadrlar bilan ishlashda eʼtibor qaratishi lozim boʻlgan jixatlarga toʻxtalib oʻtildi.

Yigʻilish ishtirokchilaridan 21-sonli direktori Tursinboy Doschanov, 22-maktab direktori Azim Bekbergenov, 26-maktab direktori Yalgʻash Shamuratov hamda 31-sonli maktab direktori Nilufar Davletovalarning xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, maktablarga yangi innavottsion pedagogik texnologiyalarni olib kirish, oʻqituvchilarning bilim salohiyatini oshirish, hamda maktablarda sogʻlom raqobat muhitini shakillantirish boʻyicha takliflari tinglandi.

Darhaqiqat, ertangi kunning egalari boʻlgan yosh avlodni maʼnan yetuk va barkamol boʻlib voyaga yetishi Xalq taʼlimi xodimlari zimmasiga katta masʼuliyat va javobgarlik yuklaydi.

Tuman xokimligining axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026