GRANT LOYIHASI DOIRASIDA SEMINAR ÖTKAZILDI
Mamlakatimizda imkoniyati çeklanganlarga kömaklaşiş, ularni moddiy va maʼnaviy qöllab-quvvatlaş, imkon darajasida foydali mehnatga jalb qiliş, hayotimizning barça jabhalarida faol iştirokini taʼminlaş va haq-huquqlarining işonçli himoya qiliş borasida doimiy ğamxörlik körsatilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Nogironlar jamiyati Amudaryo tuman bölinmasi tomonidan tumanimizda istiqomat qiluvçi imkoniyati çeklangan fuqarolarni ijtimoiy-maʼnaviy qöllab-quvvatlaşga, ularning öz imkoniyatlari darajasida kasb-hunar bilan şuğullanişlariga ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Nogironligi bölgan yoşlarning öz bilimlarini oşirişlariga, kasb egallaşlariga zarur şart-şaroitlar yaratilmoqda. Bölinma Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat Fondi taʼsis etgan grant tanlovlarida bir neça bor öz loyihalari bilan qatnaşib, ğolib bölgan edi. Loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oşirilişi natijasida önlab imkoniyati çeklangan yoşlar zamonaviy bilimlarni özlaştirib, axborot-kommunikatsion texnologiyalar böyiça könikmalarga ega böldilar.
Bölinma ötgan yilning dekabr oyida Özbekiston Nodavlat notijorat taşkilotlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan eʼlon qilingan “Yangi Renessans iştirokçilari” grant tanlovida “Jismoniy imkoniyati çeklangan ösmirlar va yoşlarni intellektual mehnat faoliyatiga jalb qiliş” nomli loyihasi bilan qatnaşib, ğolib bölgan edi. Ayni paytda loyiha muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda.
Yaqinda Manğit şahridagi Amudaryo muhandislik texnikumi faollar zalida uşbu loyiha doirasida tadbir bölib ötdi.
Tadbirga tuman hokimligi va Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi masʼullari, maktablarda induvidual taʼlim olayotgan öquvçilar va “Nogironlar” jamiyati tuman bölinmasi hisobida turuvçi jismoniy imkoniyati çeklangan yoşlar, tumanimizning közga köringan ijodkorlari, tadbirkorlari iştirok etdilar. Seminarda dastlab nodavlat notijorat taşkilotlari milliy assotsiatsiyasi Qoraqalpoğiston bölimi rahbari Gulsara Jöllibekova sözga çiqib, seminar mazmun-mohiyati va undan kutilayotgan natijalar haqida gapirdi.
Şuningdek, Nogironlar jamiyati tuman bölinmasi raisi Nilufar Xolboyeva loyiha doirasida jismoniy imkoniyati çeklanganlarning tölaqonli ilm olişi, öz iqtidorini rivojlantirişi va namoyon etişi uçun amalga oşiriladigan işlar xususida sözladi.
Şundan söng tuman mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliğining birinçi örinbosari Gözal Saburova va “Aziya Consult” öquv markazi masʼullari sözga çiqib, yurtimizda, xususan tumanimizda jismoniy imkoniyati çeklangan yoşlarga körsatilayotgan ğamxörliklar, ularning oliy taʼlim muassasalariga öqişga kirişida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib, bu borada Özbekiston Nogironlar jamiyati tuman bölinmasi raisi Nilufar Xolboyevaning saʼy-harakatlariga yuqori baho berdilar.
Nogironligi bölsa-da, özini heç kimdan kam demay mehnat qilib kelayotgan, xizmatlari evaziga “Jasorat” medali bilan taqdirlangan Zulxumor Husanova va Ravşanbek Matmurodovlar yoşlarga öz hayotlari haqida gapirib berib, ulkan motivatsiya berdi.
Seminar iştirokçilari ijodkor, taʼlim faxriylari Tursunboy Abdullayev, Ahmad Nafasovlarning şeʼrlarini zavq bilan tingladilar, tadbirkor Tursunboy Ahmedovning iliq sözlaridan, sovğa qilgan kitoblaridan xursand böldilar.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶