24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 20:45
Jamiyat 👁 500

19-20-fevral kunlari “Yashil makon” aktsiyasi doirasidagi tadbirlar uyushqoqlik bilan oʻtkazildi

19-20-fevral kunlari “Yashil makon” aktsiyasi doirasidagi tadbirlar uyushqoqlik bilan oʻtkazildi

Mavzuga oid fotogalereya

Bahor fasli kirib kelishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Bunday vaqtlarda inson va tabiatning bir-biriga qanchalik uygʻunligi yaqqol seziladi. Qishdan soʻng uygʻongan borliq yana oʻz tarovatini namoyon etgani kabi bahor nafasi sezila boshlagan ilk kunlardanoq odamlar yaratuvchanlik va bunyodkorlik ishtiyoqi bilan ekish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga kirishadi.

Ayniqsa, xalqimiz ongu tafakkuri, turmush tarziga singib ketgan qadriyatlarga koʻra,  erta bahordan hasharlar uyushtirilib, ariq-zovurlar tozalanadi, hovli-joylar sarishtalanadi, daraxtlarga shakl berilib, yangi umid va orzular bilan nihollar oʻtqaziladi.

Prezidentimiz tashabbusi asosida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, koʻchat ekish ishlarini uyushqoqlik bilan, tizimli ravishda tashkil qilish maqsadida mamlakatimizda 1-martdan boshlab  “Yashil yillik” umummilliy tadbiri boshlanadi. Tadbir doirasida Amudaryo tumani boʻyicha jami 724 ming tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekish rejalashtirilgan.

Mazkur tadbir oldidan yerlarni koʻchat ekishga tayyorlash va  hududlarni obodonlashtirish maqsadida 19-20-fevral kunlari Respublikamizning barcha hududlarida, shu jumladan, tumanimizda ham “Yashil makon” aktsiyasi uyushqoqlik bilan oʻtkazildi.

Choykoʻl ovuli ahli ham tumanning boshqa hududlari aholisi singari erta tongdan hasharga chiqdilar. “Yashil makon” aktsiyasi doirasida hudud faollari va koʻngillilar ishtirokida ovul fuqarolar yigʻini binosi oldida obodonlashtirish va koʻchat ekish tadbirlari oʻtkazildi.

Tuman hokimi oʻrinbosarlari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi masʼullari hasharchilarga yordamga keldilar. Aktsiya doirasida birgina Choykoʻl ovulida 250 tupdan ortiq mevali daraxt koʻchatlari, mingdan ortiq manzarali daraxt qalamchalari oʻtqazildi. Ayniqsa, aktsiyada ovul yoshlari uyushqoqlik bilan ishtirok etib, hasharda jonbozlik koʻrsatdilar. Ularning yordami bilan 500 metrdan ortiq uzunlikda ariq va zovurlar tozalanib, 40 tonnadan ortiq maishiy chiqindilar tashkiliy ravishda chiqarib tashlandi. Tushlik paytida aktsiya ishtirokchilari uchun dasturxon yozilib, osh tortildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevral kungi “2022-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarorida ham mamlakatimizda boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan tadbirlarni uyushtirish, Navroʻz umumxalq bayrami arafasida respublikamizning barcha hududlarida, har bir koʻcha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonchilik va koʻkalamzorlashtirishga qaratilgan umumxalq hasharlarini oʻtkazish vazifasi topshirilgan edi.

19-20-fevral kunlari “Yashil makon” aktsiyasi doirasidagi tadbirlar Amudaryo tumanining Toʻlqin ovulida ham uyushqoqlik bilan oʻtkazildi. Tozalash va obodonlashtirish ishlariga tuman “Toza hudud” korxonasi va Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xizmatchilari hamda texnikalari ham jalb qilindi. Ovul nuroniylari hasharga bosh-qosh boʻlib, mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekish ishlarini boshlab berdilar. Tadbirlarga tuman hokimining oʻrinbosarlari, tegishli muassasa va korxona-tashkilotlar masʼullari va xodimlari ham oʻz hissasini qoʻshdilar. Ayniqsa, ovul yoshlari alohida kuch-gʻayrat bilan mehnat qilib, oʻz mahallasi va koʻchasining obod va fayzli boʻlishiga munosib hissa qoʻshdilar.

“Yashil makon” aktsiyasi doirasida birgina Toʻlqin ovulida 300 tupdan ziyod daraxt koʻchatlari ekildi. Ariq va zovurlar tozalanib, maishiy chiqindilar chiqarib tashlandi. Daraxt va butalar oqlanib, shakl berildi. Bu ishlarda jami 100 nafardan ziyod aholi ishtirok etdi.

Tushlik paytida hasharchilarga issiq ovqat berilib, sanʼatkorlar ijrosida kuy-qoʻshiqlar yangradi. Bir soʻz bilan aytganda, bahor fasli kirib kelishiga sanoqli kunlar qolganda tashkil qilingan ushbu aktsiya doirasidagi tadbirlar bayram tusini oldi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, “Yashil makon” aktsiyasi va “Yashil yillik” umummilliy tadbirlari nafaqat oʻzimiz uchun, balki kelajak avlod uchun ham gʻamxoʻrlikning bir koʻrinishidir. Zero, tozalik va ozodalik bor joyda fayz-u baraka boʻladi. Yashil makonlar va koʻkalamzor hududlar esa sogʻlom turmush kechirishning eng asosiy omillaridan biridir.

Tuman hokimligining axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026