36-SONLI MAKTABDA YoSh KITOBXONLAR TOʻGARAGI AʼZOLARI NAVOIYXONLIK KEChASINI OʻTKAZIShDI
Mamlakatimiz boʻylab barcha taʼlim muassasalarida bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi keng miqyosda nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan adabiy-badiiy tadbirlar, sheʼriyat kechalari va boshqa tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Ulugʻ ajdodimiz, soʻz mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan 36-sonli maktabda ham yosh kitobxonlar toʻgaragi aʼzolari ishtirokida "Navoiy gʻazallarini oʻrganamiz" nomli tadbir tashkil etildi. Maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari Saida Yusupova, Eʼtibor Bobojonova, Nargiza Oʻtalova, Umida Jumaniyozova, kutubxona mudirasi Nazokat Saʼdullayeva va boshqalar tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda toʻgarak aʼzolari ishtirok etdilar.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar istiqlolning dastlabki yillaridan milliy oʻzligimizni anglash, buyuk ajdodlarimiz nomini tiklash, maʼnaviy merosini asrab-avaylash va targʻib etishga alohida eʼtibor qaratilgan boʻlsa, bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yurtimizda kitobxonlik madaniyati muhim voqelikka aylanayotganini, Mir Alisher Navoiy bobomizning tengsiz maʼnaviy merosi bugungi yoshlar va kelajak avlodlar uchun ham hayot maktabi boʻlishini alohida taʼkidladilar.
Shundan soʻng, adabiyot ixlosmandlari boʻlgan oʻquvchi-yoshlar bobokalonimiz gʻazallaridan namunalarni ifodali yod aytib berdilar. Dostonlaridan parchalar aytib, kechaga yanada fayz kiritdilar.
Navoiy ijodini puxta oʻrganish, uning asarlarini qayta va qayta oʻqish, ularda ulugʻlangan gʻoyalarni yosh avlodga anglatish muhim ahamiyat kasb etadi.
O.Xudoyberganova, 36-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶