24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 18:10
Jamiyat 👁 204

UMMONDAN QATRA DUR

UMMONDAN QATRA DUR

Hazrat Alisher Navoiy oʻzlari hayot paytidayoq zamondoshlari tomonidan, keyingi barcha davrlarda ham faqat turkiy xalqlarning emas, butun ijodkor bashariyatning fenemoni – alohida iqtidor egasi boʻlgan shaxs sifatida eʼtirof etilgan va oʻrganib kelinmoqda.

Qancha buyuklar oʻzlariga buyuk ustoz, pir deb bilganlar, gʻazallariga muxammaslar bogʻlaganlar, tatabbuʼ bitganlar. Qancha-qancha allomalar, mavlonolar ilmiy ishlar olib borganlar, oʻz iqtidoriga yarasha buyuk bobomizning ijod ummonidan dur terishga intilganlar. Ammo hamon bu sehrli ummon qaʼriga boqqani sayin uning teranligiga koʻz yetmasligidan hayratdalar, lazzatdalar...

Keling, ey zakiy yurtdosh, buyuk mutafakkir bobomiz tavalludining 581 yilligi butun dunyo taraqqiyparvar, maʼrifatparvar ahli tomonidan nishonlanayotgan shu kunlarda biz ham bu ummonning tabarruk suvidan bir hovuch ichib, rohatlanaylik, bu beqiyos chaman bogʻning gulidan uza bilmasak (jurʼat etmasak), uning xush iforidan dimogʻimizni bir nafasgina bahramand etib chogʻ boʻlaylik...

Zero elimizda Navoiy asarlarini oʻqib, uqadigan ilmli kishilar koʻp.

Navoiy gʻazallari bilan aytiladigan qoʻshiqlarni sevib tinglovchilar, hatto oʻzlari mohirlik bilan ijro qiluvchilar koʻp! (Qadimda ham madrasa talabalari Navoiyni oʻqishga (tushunishga) kuchi yetadigan va kuchi yetmaydiganlarga toifalangan!).

Mana “oynai jahon”da hamyurtimiz Murodjon Ibrohimov ijrosida “Xorazm segohi” toʻlgʻanib, orolanib, jilolanib taralmoqda. Ilohiy bir sehr tomirlarga singib, yurakning qat-qatiga erib, eritib oqib kirayapti... Bu mahobatli kuy xalqimizning bebaho milliy boyligi boʻlgan “Xorazm maqomlari”da “Tani maqom” shoʻʼbasiga taalluqli. Soʻzi Alisher Navoiyning “Gʻaroyib-us-sigʻar” (Bolalik gʻaroyibotlari”)idan:

Xolu xating xayolidin,  ey sarvi guluzor,

Gahi koʻzimga xol tushubtur,  gahi gʻubor...

Lirik qahramon — oshiq koʻziga xol tushishi, gʻubor inishi uchun qanchalar hijron, naqadar azoblar chekdi-yu, qanchalar koʻz yosh toʻkdi ekan?!

Xolu xat nima?

Oʻzbekiston xalq rassomi Chingiz Ahmarovning “Yetti goʻzal” (Navoiy asarlariga ishlagan) suratlarini eslang: ibo-hayo ogʻushidagi goʻzal yor labi ustidagi bilinar-bilinmas sabza moʻy — ana shu xolu xat... Navoiy asarlaridagi koʻp soʻzlarining ikki yoki koʻp maʼnoliligini yodda tutaylik! Ana shu beqiyos malohat (goʻzallik) hajrida koʻzga xol, gʻubor tushgan!

Yuzungda xol sahfada tomgan kibi qaro,

Xoling malohati tuz erurkim qaroda bor.

Sharikli ruchka chiqmasdan oldin dovotga siyoh solinardi. Navoiy zamonida ham shunday boʻlgan. Siyoh oq qogʻozga bexosdan tomib ketsa, qurigach, tomchi ustida tuz(zarra) lojuvard yarqirab tovlanadi. Endi lab ustidagi nozik xolning malohati — goʻzalligi, yoqimliligi shu qadarki. . .

Jonimni oʻrtagan yuzu xolingni bilmasang,

Oʻt shuʼlasida ayla gumon bir oʻchuk sharor.

Agar mening jonimni oʻrtagan xolingning holatidan bexabar boʻlsang, olov qoʻrida yonib ado boʻlgan (oʻchgan) sharor - choʻgʻni tasavvur qilgin... Mening jism-u jonim ham olov choʻgʻida yonib-yonib qorayib oʻchgan choʻgʻdek boʻldi-ku!

Kuy eshilib, toʻlgʻanib(A.Oripov)avjiga chiqib boradi, xolbuki bu ashulaning  birinchi avji emas. Katta avj, daromad hali oldinda! Hofizning manglayida ter yaltiraydi, boʻyin tomirlari boʻrtib, jism-u joni bir boʻlib taranglashadi! (Bu fonogramma emas, qoʻshiq aytayotib qilpanglab oʻynab tursa boʻlaveradigan!)

Bilmon koʻngilda xollaringning xayolidur,

Yo kipriging tikanlarin aylabsan ustuvor.

Qalbimdagi yara sening xolingning sogʻinchimi yo mujgonlaringdan qadalgan tikonlarmi bilmadim...

Har dam koʻnglim haloku koʻzum tiyra boʻlmogʻin,

Bilgay birovki, yori erur shoʻxi xoldor.

Koʻnglimning muttasil halok boʻlishi-yu koʻz oldim qorongʻu boʻlishini faqat men kabi shoʻx, goʻzal bir xoldorga shaydo boʻlgan chin oshiqgina tushunadi! Boshqa yengil-yelpi ishq — havas egalari bunga qodir emas!

Ana endi hofizning figʻon-u nolalari bir qadar daromadiga qaytadi:

Mashshotai qazo bezamish  xolu xattini

Beixtiyorliqda manga borm-u ixtiyor?

Taqdir pardozchisi(Alloh subhanohu taolo) Oʻzi bezagach, menda (uni sevish yo sevmaslikka) ixtiyor nima qilsin?!

Nihoyat tarang torlar sal maromiga qaytadi. Yorga iddao, zarda qilishdan foyda yoʻq (oʻziga insof bersin), miskin — gʻarib Navoiyning surati holiga bir nazar solib qoʻysa kifoya, nigoroning xolu xati malohatini koʻrish uchun jonini fido aylayveradi:

Miskin Navoiy xolu xating koʻrsa jon berur,

Boqsang ne boʻldi surati holigʻa, ey nigor?!

Hofiz segohni tugallab, uforiga oʻtadi. Tinglovchilar sel boʻlib, ashula taʼsiridan chiqolmay,  hayrat bilan bosh chayqab, mushohadaga beriladi. Birov-birovga tushuntirib bera olmaydigan,  faqat har kim oʻz shuurida tuyadigan,  anglash qiyin, sharhlash qiyin laziz tuygʻularga chulgʻanadi, ilohiy soʻz va ilohiy soz sanʼatiga oshufta qalblar...

Aziz suhbatdoshim, ketgan vaqtingizga rozi boʻling. Segoh kuyini xayolan idrok qilib,  yuqoridagi durdona gʻazalni oʻqib, ajdodlarimiz dahosiga tahsin aytsangiz, bular mening ajdodlarim,  bular bizning abadiy barhayot xazina mulkimiz degan gʻururni tuysangiz boʻldi,  muddao — shu. Biz ham qoʻlimizdan kelguncha “bilar-bilmas” (Nazir qoriyning iborasi) Hazrat Navoiy ijodi ummonidan bittagina gavhar naqshini koʻrmoqchi boʻldik. Donishmand aytgan ekan: “Daryoning hamma suvini ichaman deyish — ahmoqlik, daryoning boʻyida turib chanqab, uning suvidan bahramand boʻlmaslik — undan-da badtar!”

Navoiy dahosi insoniyatning maʼnaviy chanqogʻini qondirish uchun abadiy xizmat qilaveradi. Biz ham quruq qolmaylik! Nima dedingiz?!

Tursunboy ABDULLAYeV,

85-sonli maktabning ijodiy-madaniy

masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026