14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 15:03
Fan va taʼlim 👁 257

56-sonli maktabda “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi" hamkorligi jamoat Kengashining kengaytirilgan yigʻilishi oʻtkazildi

56-sonli maktabda “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi" hamkorligi jamoat Kengashining kengaytirilgan yigʻilishi oʻtkazildi

Har tomonlama barkamol, komil insonni tarbiyalash jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri boʻlib kelmoqda.

Yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy, maʼdaniy-maʼrifiy jihatdan yetuk insonlar qilib tarbiyalash ishi birinchi navbatda oiladan boshlanadi. Bu borada barkamol avlodni tarbiyalashda ota-ona, mahalla va taʼlim muassasalarining hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.

 Ayniqsa, ushbu hamkorlikni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish – oʻsmirlar orasida qarovsizlik, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda muhim tarbiya vositasidir. Bolaning qanday inson boʻlib voyaga yetishi ota-ona tarbiyasi va atrof-muhit tasiriga bogʻliq.

Bola tarbiyasida ularning yosh jihatiga, ruhiyat va tushunchasiga, feʼl-atvoriga alohida ahamiyat berish zarurdir. Ushbu talab asosida mamlakatimizda jismonan sogʻlom, bilim va tafakkuri oʻtkir, maʼnaviyatli, aniq kasbga va mutaxassislikka ega, gʻoyaviy sobitqadam farzandlar, yaʼni barkamol avlod modeli yaratildi va uni shakllantirish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi.

2012-yilning 19-iyunida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilinib, Xalq taʼlimi Vazirligi huzuridagi “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi faoliyatiga asos solingan edi.

Mana shu davrdan boshlab barcha joylarda tashkil etilgan “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi” hamkorligi jamoat kengashlari oʻzlarining yillik rejalariga asosan muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda.

Joriy yilning 5-fevral kuni 56-sonli maktab huzurida faoliyat koʻrsatayotgan “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi” hamkorligi jamoat Kengashining kengaytirilgan yigʻilishi oʻtkazilib, unda jamoat Kengashi aʼzolari va Mangʻit shahrida joylashgan bir qator taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etdilar.

Ushbu yigʻilishda bugungi kunning dolzarb masalasi – “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi” hamkorligi mexanizmini yanada takomillashtirish masalasi muhokama etildi.

Yigʻilishni maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha maktab direktori oʻrinbosari Rohatoy Xudayberganova ochdi va olib bordi. Yigʻilishda maktab direktori, jamoat Kengashi raisi Arzigul Xudayberganova kun tartibidagi masala yuzasidan maʼruza qildi.

Maʼruza yuzasidan boʻlgan muzokaralarda jamoat Kengashi aʼzosi, Durunki mahalla fuqarolar yigʻini raisining oila, xotin-qizlar, ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Gavhar Mingboyeva, jamoat Kengashi aʼzosi, maktabning ota-onalar qoʻmitasi raisi Gulnazira Salayeva, jamoat Kengashi aʼzosi, ota-onalar vakili Omongul Qayupova, 1-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Guliston Madraximova, jamoat Kengashi aʼzosi, shifokor Mehri Husainova, jamoat Kengashi aʼzosi, maktab psixologi Doniyor Yoʻldoshev, 8-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi xodimi Mavluda Allamberganova va jamoat Kengash aʼzosi, sinf rahbari Soliya Yusupovalar ishtirok etdilar.

Yigʻilish yakunida muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Allambergan Jumaniyozov.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019