EKOLOGIK PARTIYa MASʼULLARI AHOLI BILAN UÇRAŞUV ÖTKAZDI
Atrof-muhit tozaligi, obodligini asraş, tabiatni muhofaza qiliş bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu davlat ahamiyatidagi masalalardan bölganligi sababli yurtimizda diqqatga sazovor işlar amalga oşirilmoqda. Çunki tabiat qançalik asrab-avaylansa, kelib çiqişi mumkin bölgan ekologik muammolarning oldi olinib, ertangi hayotimiz ham şunçalik yaxşi böladi.
Ekologik partiyaning tuman Kengaşi masʼullari tomonidan aholi bilan uçraşuv ötkazilib, Kengaş faoliyati samaradorligini oşirişga kömaklaşiş, atrof-muhit tozaligini asraş, maişiy çiqindilarni belgilangan joylarga taşlaş, yaşil hududlarni köpaytiriş, köçat ekiş işlarini hamjihatlikda amalga oşiriş kabi masalalar yuzasidan suhbatlaşildi.
Şu yilning 2-fevral kuni Qiliçboy ovulida bölib ötgan mazkur uçraşuvda Ekologik partiya tuman Kengaşi raisi Saʼdulla Sadikov hamda Qiliçboy ovul fuqarolar yiğini raisi, tuman Kengaşi deputati Bahrom Qodirovlar iştirok etişdi.
Tadbirda dastlab hozirgi kunda partiyaning tuman Kengaşi tomonidan olib borilayotgan işlar töğrisida maʼlumot berildi. Şundan söng, atrof-muhitni muhofaza qiliş, ekologik barqarorlikni taʼminlaş, maişiy çiqindilarni boşqariş, aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş, irrigatsiya tarmoqlari holati, obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, sanitariya-epidemiologik holatni yaxşilaş, aholi soğliğini saqlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar, tumandagi ekologik holatga salbiy taʼsir ötkazayotgan omillar xususida atrofliça söz yuritildi.
Şuni alohida qayd etiş joizki, globallaşib borayotgan ekologik muammolarni faqat xöjalik faoliyatida resurs tejovçi va ekologik toza texnologiyalarni joriy qiliş, tabiatni muhofaza qiliş tadbirlarini amalga oşiriş va sohada qonunçilikni takomillaştiriş bilangina hal etiş mumkin emasligi bugun yaqqol namoyon bölib qolmoqda. Bu borada aholining ekologik madaniyatini yuksaltiriş, ularda tabiat va uning neʼmatlariga hamda atrof muhitga ehtiyotkorona munosabatda böliş hissini şakllantiriş, ekologik taʼlim tarbiya tizimini rivojlantiriş uşbu muammolar yeçimini topişda muhim omil bölib xizmat qiladi.
Şu nuqtai nazardan partiyaning tuman Kengaşi aholining ekologik masalalardagi xabardorligini oşirişni öz oldiga maqsad qilib qöygan hamda uşbu yönalişdagi işlar faollar va deputatlar tomonidan izçillik bilan davom ettirilmoqda.
Tadbir iştirokçilariga davlatimiz tomonidan olib borilayotgan izçil islohotlar hamda qabul qilingan Davlat dasturlarining mazmun-mohiyati ham keng tuşuntirib ötildi.
Tadbir yakunida partiyaning tuman Kengaşi masʼullari fuqarolarni mamlakatimizning bebaho tabiati va tabiiy boyliklarini asrab-avaylaş va aholi soğliğini saqlaşdek yuksak vazifalarni bajarişda faol iştirok etişga çaqirdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶