24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 19:25
Jamiyat 👁 177

HARBIY VATANPARVARLIK – YuRTGA MUHABBAT VA BURChGA SADOQAT

HARBIY VATANPARVARLIK –  YuRTGA MUHABBAT VA BURChGA SADOQAT

Har qanday davlat oʻz istiqbolini sogʻlom va barkamol avlod timsolida koʻradi. Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadidagi koʻplab jamoatchilik tashkilotlari tashkil etilgan. Mamlakatimizda ham yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega boʻlgan mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti faoliyat yuritib kelmoqda.
Tashkilot tomonidan yosh avlodni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida izchil saʼy-harakatlar olib borilib, asosan uch yoʻnalishdagi faoliyat yoʻlga qoʻyilgan. Birinchi yoʻnalish − aholi, ayniqsa, yoshlarni Vatanga sadoqat, harbiy-vatanparvarlik, milliy maʼnaviyatimizga hurmat ruhida tarbiyalashdir. Tashkilotning ikkinchi yoʻnalishi − yoshlarni tashkilot tizimidagi avtokross, motokross, karting, triatlon, duatlon, yozgi biatlon, pnevmatik quroldan oʻq otish, dengiz koʻpkurashi, harbiy-amaliy koʻpkurash, xizmatchi itlar, aviamodel, raketamodel, kemamodel, radiosport kabi sportning texnik va amaliy turlariga jalb etish, ular orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hisoblanadi. Tashkilotimizning uchinchi yoʻnalishi esa fuqarolarni ommaviy texnik kasblarga tayyorlash hisoblanadi.
Tashkilotimizda ushbu yoʻnalishlar boʻyicha amaliy ishlar yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, turli sport musobaqalari ham oʻtkazilib kelinmoqda. Bu borada tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi,  Milliy gvardiyaning qoʻriqlash xizmati, tuman Ichki ishlar boʻlimi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda “Shunqorlar”, “Havo miltigʻida oʻq otish” va “Yozgi biatlon” harbiy sport musobaqalari muntazam ravishda tashkil etiladi. Shu kabi musobaqalarda gʻolib boʻlgan jamoalar Respublika bosqichida qatnashish imkoniyatiga ega boʻlishmoqda.
Tashkilot tomonidan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida turli uchrashuv va davra suhbatlari, targʻibot tadbirlari ham tashkil etilib, vatanparvarlikning timsoli boʻlgan ajdodlarimizning jasorati va jangovar taktikasi haqida soʻzlab beriladi. Shuningdek, Vatan uchun jonini fido qilgan, xizmat burchini bajarish chogʻida mardlarcha halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning jasorati namuna qilib koʻrsatilib, yoshlar qalbida burchga sadoqat, yurtga muhabbat tuygʻulari mustahkamlab boriladi.
Xulosa oʻrnida shuni aytish kerakki, yoshlarda Vatanga daxldorlik hissini kuchaytirish, Vatanni sevish va asrash tuygʻularini shakllantirish bugungi kunda eng asosiy vazifalardan sanaladi. Biz mana shunday sharafli va masʼuliyatli vazifani bajarayotganimizdan, yoshlarning vatanparvar insonlar boʻlib voyaga yetishlariga hissa qoʻshayotganimizdan faxrlanamiz.

Shuhrat KAMOLOV, Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti

tuman oʻquv-sport texnika klubi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026