VATAN OSOYIŞTALIGINI ASRAŞ YIGITLARNING BURÇI
Özbekiston Respublikasida fuqarolarni harbiy xizmatga çaqiriş tegişli tartibda amalga oşiriladi. Bugungi kunda muddatli harbiy xizmatga saralaş va tanlaş işlari Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi “Çaqiriluvçilarni tanlab oliş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori asosida taşkil qilinmoqda. Bu borada şaffoflik va oçiqlikni taʼminlaş maqsadida çaqiriluvçilarning ota-onalariga ötkazilayotgan tanlov tadbirlarini töğridan-töğri kuzatib boriş imkoniyati yaratildi.
Şunga köra tumanimizda ham Mudofaa işlari bölimi tomonidan çaqiriluvçilarni tanlab oliş va saralab oliş işlari 10-avgustdan 10-fevralgaça amalga oşiriladi.
Tanlovga 18 yoşdan 27 yoşgaça bölgan çaqiruvçilar jalb qilinadi. Asosan 2-bosqiçda ötadigan tanlovning 1-bosqiçida ular umumjismoniy tayyorgarliklari, yaʼni turnikka tortiliş, 100 metrga yuguriş, 3000 metrga yuguriş kabilar böyiça sinab köriladi. Şundan söng, 2-bosqiçda yakka tartibdagi suhbatdan ötadilar. Yakka tartibdagi suhbat davomida çaqiriluvçining mahalla va jamiyatda tutgan örni, oilaviy ahvoli, obrö-eʼtibori, yuriş-turişi, qiziqişlari, yurtimiz tarixi, buyuk sarkardalar, ajdodlarimiz hayoti va faoliyatiga oid bilimlari aniqlanadi.
Muddatli harbiy xizmatga saralaş va tanlaşni amalga oşiriş uçun tuman Mudofaa işlari bölimida butlaş komissiyasi tuzilgan. Ular saralaş va tanlov işlarida töliq qatnaşib, nomzodlarni saralab olişadi.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52-moddasida körsatilganidek, Özbekiston Respublikasini himoya qiliş – har bir fuqaroning burçidir. Özbekiston Respublikasi umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisidagi qonunining 19-moddasiga asosan fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni ötaşga majburdirlar.
Zero, Vatanimiz tinçligi, sarhadlarimiz osoyiştaligiga hissa qöşiş, Vatanga xizmat qiliş har bir yigitning burçidir.
Tohir BOLTAYeV, tuman Mudofaa bölimining
çaqiruv bölinmasi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶