24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 20:41
Jamiyat 👁 125

Tuman boʻyicha 2021-yil davomida 1316 ta nikoh qayd qilingan

Tuman boʻyicha 2021-yil davomida 1316 ta nikoh qayd qilingan

Oila −jamiyatning asosiy boʻgʻinidir, hamda jamiyat va davlat muhofazasida boʻlish huquqiga ega. Mazkur konstitutsiyaviy meʼyor asosida mamlakatimizda oila institutini yanada mustahkamlash, jamiyat hayotida uning roli va nufuzini oshirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda. Ular doirasida fuqarolarga yuridik xizmat koʻrsatish sifati ham yuksalib bormoqda.

Qonun fuqarolarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoyalashni hamda davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda, fuqarolar hayotidagi muhim voqealar — tugʻilish, nikoh tuzish, oʻlim va insonning muhim subʼektiv huquqlari va majburiyatlarining yuzaga kelishi, oʻzgarishi va toʻxtatishiga sabab boʻladigan boshqa holatlarning vakolatli organlarda qayd etilishini belgilaydi.

Bu borada hududlarda Fuqarolik xolati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar katta ahamiyatga ega. Bu boʻlimlar vakolatiga otalikni belgilash, tugʻilganlikni va oʻlimni qayd etish, farzandlikka olish, nikohni qayd etish va nikohdan ajratish, dalolatnoma yozuvlarini tiklash, familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish, dalolatnoma yozuvlarini bekor qilish, takroriy guvohnomalar berish kabi vazifalar kiradi.

Fuqarolik holatini qayd etish fuqarolarning huquq va burchlari paydo boʻlishiga sabab boʻlib xizmat qiluvchi hujjat berish uchun asos boʻladi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning ahamiyati shundaki, unga asosan mazkur organlar tomonidan berilgan guvohnoma va unda koʻrsatilgan faktning toʻgʻriligini tasdiqlovchi shaksiz dalil hisoblanadi.

Amudaryo tumani misolida oladigan boʻlsak, tuman Fuqarolik xolati dalolatnomalarini yozish boʻlimi tomonidan 2021-yil davomida 1316 ta nikoh rasmiylashtirilgan. Bundan tashqari, 349 nikoh sayyor ravishda tanʼtanali qayd etilgan. Afsuski, arzimagan vajlar sabab oilasini barbod etayotgan yoshlar ham yuq emas. Amudaryo tumani boʻylab 2021-yil davomida 138 ta ajrim xolatlari qayd etilgan. Tahlillarga koʻra, ajralishning  bosh omili – oila quruvchilarning  huquqiy bilimi yetarli darajada emasliklari va huquqiy savodxonlik darajasining pastligidan dalolat beradi. Shu sababdan yoshlar ajralish holati qanday oqibatlarga olib kelishini tushunib yetmaydilar.

Fuqarolik holatini qayd etish − fuqarolarning huquq va burchlari paydo boʻlishiga sabab boʻlib hizmat qiluvchi hujjat berish uchun asos boʻladi. Berilgan ushbu hujjat tufayli fuqarolar oʻzlariga yuklatilgan masʼuliyat va burch bilan yashaydilar.

Amudaryo tumani boʻylab 2021-yil davomida  4702 holatda tugʻilish qayd etilgan. Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma faqat ota yoki onaning shaxsan oʻziga topshiriladi. Shu oʻrinnda eslatib oʻtish joizki, bola tugʻilganligi haqidagi guvohnomani bola tugʻilganligi haqidagi tibbiy maʼlumotnoma, ota-onaning passporti va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma asosida ogʻzaki yoki yozma shaklda ariza berishlari orqali olishlari mumkin.

Maʼlumki, “Fuqarolik xolati dalolatnomalari yozuvining yagona elektron arxivi” axborot tizimi 2021-yil yanvar oyida ishga tushirilgan boʻlib, fuqarolar oʻzlariga tegishli boʻlgan nikoh, ajrim, tugʻilganlik va oʻlim holatlari qayd etilgan dalolatnomalarni  ushbu axborot tizimi orqali  elektron tarzda olishlari mumkin.

Tuman Fuqarolik xolati dalolatnomalarini yozish, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari hamkorlikda  amalga oshirayotgan saʼy-harakatlari bugun oʻz natijasini bermoqda. Yil davomida boʻlim xodimlari tomonidan mahallalarda, maktablarda, va idora-tashkilotlarda olib borilgan targʻibot tadbirlari  natijasida fuqarolarning huquqiy maʼdaniyati yuksalib, oila muqaddas qoʻrgʻon ekanligini anglashlari uchun katta  hissa boʻlib qoʻshilmoqda.

Aytib oʻtish joizki, bugungi kunda oilalarning mustahkam boʻlishi yoshlar bilan birgalikda ota-onalarga ham bogʻliqdir. Shunday ekan, ota-onalar oʻz masʼuliyatini his qilgan holda farzand taqdiriga befarq boʻlmasliklari lozim.

F.Eshimbetova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026