2021-yil sarhisobi: Turizm va sport
Tumanda 1 ta arxitektura yodgorligi, 6 ta arxeologiya obidasi, 1 ta muzey, 8 ta monumental va sanʼat obʼektlari, 1 ta Madaniyat va istirohat bogʻi mavjud.
Yakunlanayotgan yilda tumanda 10 ming nafarga yaqin fuqarolarning mamlakat boʻylab sayohatlari tashkil etildi. Shuningdek, 3000 nafardan ziyod fuqarolar Sulton Uvays bobo, Kechirmas bobo, Shayx Jalil bobo ziyoratgohlarini ziyorat qilishdi.
Tumanda sportni rivojlantirish, ommaviyligiga erishish borasida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2021-yilning oʻtgan 11 oyi davomida mahallalar, idora-tashkilotlar xodimlari, yoshlar oʻrtasida jami 491 ta sport musobaqalari oʻtkazilib, ularda 37623 nafar turli yoshdagi fuqarolar qamrab olindi.
Ayni kunda Mangʻit shahridagi Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi, oʻrta maxsus va umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 70 ta sport zallari, 3 ta trenajyor, fitnes zallari, 69 ta basketbol, 83 ta voleybol, 8 ta gandbol, 75 ta futbol , 56 ta kichik futbol maydonchalari, 2 ta katta futbol stadioni, 1 ta suzish basseyni, 3 ta tennis kortlari mavjud.
Hozirgi kunda 11210 nafar yoshlar sportning 17 turi boʻyicha 538 ta sport sektsiyalariga qamrab olingan.
2021 oʻquv yilida Bolalar-oʻsmirlar sport maktabida 1386 nafar oʻquvchilar sportning 18 ta turi boʻyicha mashgʻulotlar olib borishdi. Ularga 58 nafar tajribali trenerlar sport mahoratini qunt bilan oʻrgatishmoqda.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi
Tumanda 2 ta hudud –Jumurtov shaharchasi va Xitoy ovuli “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturiga kiritilib, davlat dasturi doirasida jami 37 mlrd. 213,3 mln. soʻm ajratildi.
Xitoy ovulidagi fuqarolar yigʻini binosini taʼmirlash hamda Jumurtov ShFY binosini yangidan qurish ishlari pudratchi tashkilotlar tomonidan toʻliq bajarildi.
1 ta “Xotira maydoni” obʼekti rekonstruktsiya qilinib, Xitoy ovulidagi 85-sonli maktab binosi kapital taʼmirlandi. 2-sonli maktab binosi esa rekonstruktsiya qilindi.
Xitoy ovuli hududidagi 6,844 km. uzunlikdagi ichki yoʻllar toʻliq taʼmirlandi, 4,3 km. uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari rekonstruktsiya qilinib, 1 ta transformator taʼmirlandi, tozalangan ichimlik suvi bilan taʼminlash obʼektlari barpo etildi.
Jumurtov shaharchasi hududida 43-sonli maktab va 72-sonli umumtaʼlim maktabi filial binolari kapital taʼmirlandi, 63-sonli maktab binosi esa rekonstruktsiya qilindi. Hududdagi 3,125 km. ichki yoʻllar toʻliq taʼmirlanib, 3,3 km. uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari rekonstruktsiya qilindi. Shuningdek, 4 ta ichimlik suvi inshooti obʼekti yangidan qurilib, 1 ta transformator taʼmirlandi.
Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va maishiy muammolar mavjud boʻlgan Kuyuk koʻpir hamda Nazarxon ovullari hududini rivojlantirish uchun 3 mlrd. soʻm ajratildi.
Shundan 3 ta maktab, 1 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti, 10 ta transformatorlarda joriy taʼmirlash va rekonstruktsiya ishlari olib borildi. 60 ta elektr tayanch ustunlari, 3,9 km. uzunlikda elektr-aloqa tarmoqlari, 2 ta ichimlik suvi tozalash inshooti, 38 km. uzunlikda ichki yoʻllar, 3 km. piyodalar yoʻlakchasi, 50 ta tungi yoritgich chiroqlari yangidan oʻrnatildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶