ODAM SAVDOSI – DAVR MUAMMOSI
Xalqaro talablarga muvofiq, odam savdosi ogʻir jinoyat va inson huquqlarini qoʻpol ravishda buzilishi deb tasniflanadi. Mamlakatlar buning uchun jazoni mustaqil ravishda belgilaydilar.
Odam savdosiga qarshi kurashish borasida Oʻzbekistonda 2008-yili tegishli Qonun qabul qilingan edi. Oradan 12-yil oʻtib, qonun talabga javob bermay qoldi. 2020-yil 17-avgustda yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining «Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi Qonuni qabul qilindi. Qonunda odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha muhim tamoyillar belgilanib, asosiy tushunchalarga aniq taʼriflar berilgan. Bu oʻz navbatida, odam savdosi bilan shugʻullanuvchilarni jinoiy taʼqib etish, shuningdek, jabrlanuvchilarning huquqiy manfaatlarini himoyalashda qonuniy asos boʻlib xizmat qiladi.
Odam savdosiga qarshi kurashda alohida yoʻnalishlardan biri – chaqaloqlar savdosi. Chaqaloqlar savdosi bilan bogʻliq holatlar yo avval aytilmagan yoki hozir koʻpayib ketdi. Mahalliy ommaviy axborot vositalarida ayni mavzu keng yoritilmoqda. Tergov organlari taqdim etgan maʼlumotlardan Oʻzbekistonning turli hududlarida odam savdosi, xususan, chaqaloqlar va bolalar savdosi jinoyatlari fosh etilganini koʻrish mumkin.
Milliy qonunchilikda ilgari boʻlmagan odam savdosi jabrdiydalarini identifikatsiya qilish va ularni qayta yoʻnaltirish tushunchalari alohida bobda aks etgan. Voyaga yetmaganlar savdosining oldini olish ham muhim jihat hisoblanadi. Qonun odam savdosi jabrdiydalari boʻlmish fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoyalash hamda davlat organlari tashabbuskorligini oshirish, Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi boshchiligida vakolatli organlarning oʻzaro hamkorligini taʼminlashga xizmat qiladi. Eng muhimi, odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida xolis va toʻgʻri maʼlumotlarni keng jamoatchilik hamda xalqaro hamjamiyatga yetkazishga koʻmaklashadi.
Q.Atamuradov, Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶