24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 20:48
Jamiyat 👁 141

TARGʻIBOT TADBIRI OʻTKAZILDI

TARGʻIBOT TADBIRI OʻTKAZILDI

Davlatimiz rahbarining “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarida oʻquv-tarbiya ishlarini yuksak pogʻonaga koʻtarish va shu asosda bitiruvchilarning yetuk, bilimdon mutaxassislar boʻlib yetishiga eʼtibor qaratilmoqda.

Qarorga muvofiq 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston  Respublikasi Ichki ishlar vazirligi  Akademiyasining kunduzgi shakliga qabul faqat Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari, harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari tarkibidan amalga oshiriladigan boʻldi. Demak, kelgusida ichki ishlar organlarida faoliyat yuritishni istaydiganlar umumiy oʻrta taʼlim maktabining 9-sinfini bitirgach, avval Ichki ishlar vazirligi akademik litseyini tugatib, keyin ichki ishlar vazirligi Akademiyasida taʼlim olishlari mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qoraqalpoq akademik litseyining asosiy maqsadi ham malakali, yuksak professional tayyorgarlikka ega ichki ishlar xodimlarini va vazirlik Akademiyasiga oʻqishga kirishni istovchi yoshlarni tayyorlashdan iborat.

Ushbu muassasada oʻqish muddati 2-yil boʻlib, oʻqishga kirishni xohlovchilardan arizalar 1-fevraldan 15-aprelga qadar shahar va tumanlar Ichki ishlar boʻlimlarida qabul qilinadi.

Bu haqda umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilariga keng tushuncha berish maqsadida 20-dekabr kuni Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimi tomoshalar zalida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirga tumanimizda faoliyat yuritayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinflari oʻquvchilari ishtirok etdilar. Ularga tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, mayor Baxtiyor Oʻrozov, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qoraqalpoq akademik litseyi direktori, podpolkovnik Uchqun Qodirovlar akademik litseyga qabul qilish tartibi xususida tushunchalar berdilar.

Maʼruzalarda akademik litseyga qabul asosan uch bosqichda olib borilishi  – dastlabki tanlovda yakka tartibda suhbat oʻtkazish, nomzodlarning induvidual-psixologik xususiyatlarini oʻrganish, tibbiy komissiya koʻrigidan oʻtkazish, dastlabki tanlov boʻyicha nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildini va tanlov  natijalarini oʻrganish hamda  ularni  maxsus – professional tanlovga qoʻyish  masalasini hal etish nazarda tutilganligi, ikkinchi bosqichda umumjismoniy tayyorgarlik darajasini  aniqlash, keyinchalik esa yakka  tartibdagi yakuniy suhbatni baholash amalga oshirilishi, uchta tanlov ham bir necha xil sinovlarni oʻz ichiga olganligi taʼkidlab oʻtildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari qatori Qoraqalpoq akademik litseyi bitiruvchilari shu sohada ishga,  Ichki ishlar Akademiyasiga oʻqishga kirishda bir qator imtiyozlarga ega boʻlishi xususida batafsil maʼlumotlar berildi.

Oʻquvchilar maʼsullarga oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berib, batafsil javoblar oldilar.

Targʻibot tadbiri oʻquvchilarning mazkur sohaga qiziqishlarini yana ham oshirdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026