SOBIQ AFGʻONChI JANGChILAR SAYoHATGA OLIB BORILDI
Hozirgi kunda tumanimizda 280 nafar sobiq afgʻonchi jangchilar istiqomat qilishadi. Ular qutlugʻ kunlarda, hayit bayramlarda bir – birini yoʻqlab, yigʻilishib, samimiy suhbatlar quradilar, oralaridan bemavrid ketgan sobiq quroldoshlarini esga olib, oilalaridan xabar olib turadilar.
Yaqinda Oʻzbekiston veteran jangchi faxriylari va nogironlari birlashmasining Qoraqalpogʻiston boʻlimining Amudaryo tumanidagi vakili Bahodir Jumaniyozov rahbarligida sobiq afgʻonchilar uchun yana bir koʻngilli tadbir oʻtkazildi: faxriy jangchilardan, Afgʻon urushida halok boʻlgan jangchilarning oila aʼzolaridan koʻngilli 27 nafari qadimiy va hamisha navqiron Xiva shahriga sayohatga olib borildi.
Ular kun davomida shahardagi qadimiy obidalarni, ajdodlarimiz aqlu zakosi ila yaratilgan meʼmoriy inshootlarni, xalq amaliy sanʼati namunalarini juda qiziqish bilan tomosha qildilar.Oʻzlariga koʻngilli sayohat qilishlariga imkoniyat yaratib bergan tuman hokimligidan juda minnatdor boʻldilar.
Mahmudjon ShOMURODOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶